Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

O’zbekistonda mehnatni me’yorlash konsepsiyasi ishlab chiqiladi


O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 30 sentabrdagi “Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

         Mazkur qaror bilan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari instituti tuzilmasi hamda institut to‘g‘risidagi nizom, Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashlari to‘g‘risidagi namunaviy nizom va Malakalarni baholash markazi to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.

         Endilikda Mehnat institutining faoliyati Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.

         Qarorga ko‘ra, 2021 yil 31 dekabrga qadar zamonaviy bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan O’zbekistonda mehnatni me’yorlash konsepsiyasi va kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish tizimini strategik boshqarish mexanizmini shakllantirishga doir amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

         2021 yil 1 noyabrdan Mehnat instituti tomonidan malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni baholovchi tizim hamda kasbiy standartlarni va mustaqil baholashning ma’lumotlar bazasi hamda mehnat migratsiyasida talab yuqori bo‘lgan kasblar to‘g‘risidagi yagona ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi va yuritiladi.

         Shuningdek, Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmasidagi davlat mehnat inspeksiyasi tizimida tajriba-sinov tariqasida yuridik shaxsmaqomiga ega bo‘lmagan Mehnat sohasidagi murojaat va nizolarni o‘rganish hamda hal qilishga ko‘maklashish markazi tashkil etildi.