Янгиликлар
O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda quyidagi tovarlar 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab 2024 yil 1 yanvarga qadar bojxona bojidan ozod qilindi
O’zbekiston Respubilkasi Prezidentining 2021 yil 30 sentabrdagi "Xizmatlar sohasini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF – 6318-sonli Farmoniga asosan:
O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda quyidagi tovarlar 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab 2024 yil 1 yanvarga qadar bojxona bojidan ozod qilindi:
- belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha ta’lim tashkilotlari uchun o‘quv laboratoriya va maxsus asbob-uskunalar va jihozlar;
- taqiqlanmagan o‘yin avtomatlari (TIF TN kodi 9504 30 200 1, 9504 30 200 9), videoo‘yinlar uchun uskunalar (TIF TN kodi 9504 30 100 0), va bouling uchun avtomatik uskunalar (TIF TN kodi 9504 90 800 9);
- belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha yuridik shaxslar tomonidan, shu jumladan lizing shartnomasi asosida olib kelinadigan yangi stomatologiya va kosmetologiya asbob-uskunalari, butlovchi buyumlar va ularning ehtiyot qismlari hamda sarflash materiallari.