Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

QASHQADARYO VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI FAOLIYATI OCHIQLIGI TA’MINLANMOQDA


Joriy yil 18 oktabr kuni viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi tuman, shahar adliya bo‘limlari tomonidan 2021 yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha jurnalistlar ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Mazkur anjumanda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari X.Nasimov so‘zga chiqib, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari sohasida joriy yilning 9 oyi mobaynida boshqarma va uning tizimidagi tuman, shahar adliya bo‘limlari tomonidan jami 6 366 ta murojaatlarning 5 492 tasi hal etilib, shundan 3 272 tasi yoki 51,4 foizi qanoatlantirilganligi va 2 220 tasiga huquqiy tushuntirish berilganligi, shuningdek, “Ishonch telefoni” orqali kelib tushgan jami 403 ta murojaatning 385 tasi hal etilib, shundan 89 tasi yoki 23,1 foizi qanoatlantirilganligi va 296 tasiga huquqiy tushuntirish berilganligi haqida ma’lumot berildi.

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish sohasi bo‘yicha boshqarma va uning tizimidagi tuman, shahar adliya bo‘limlari tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 88 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi faoliyati yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish va monitoringlar natijasida jami 135 ta taqdimnoma kiritilganligi va 130 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlari, shundan 20 tasi normativ-huquqiy tusdagi qarorlari bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.

Bundan tashqari,

O’tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha:

Boshqarma va uning tizimidagi adliya bo‘limlari tomonidan hisobot davrida jami 268 ta o‘rganish va 749 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganishlar davomida 2 785ta tashkilotlar faoliyati qamrab olindi va ushbu o‘rganish va monitoringlar natijasida 100 425 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 1 825 ta taqdimnoma,644ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida taklif hamda 5 581 ta ogohnoma kiritildi.

Natijada 828 nafar shaxs intizomiy (shundan29 nafari egallab turgan vazifasidan ozod qilindi) va 592 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi, 284 ta noqonuniy hujjatlar bekor qilindi hamda 1 ta qaror ijrosi to‘xtatildi, shuningdek,12 mlrd. 984 mln. so‘mdan ortiq pul mablag‘lag‘lari qonuniy egalariga qaytarildi.

Hisobot davrida sudlarga 18 mlrd. 899 mln. so‘mlik 1 182 ta da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, o‘tgan yildan qoldiq bo‘lib o‘tgan 27 ta 629 mln. 969 ming so‘mlik da’vo arizasi natijasiga ko‘ra 8 mlrd. 453mln.so‘mlik 869 ta da’vo arizalari qanoatlantirildi.

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha:

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida boshqarma va uning tizimidagi adliya bo‘limlari tomonidan jami 17 318 ta, shundan 11 118 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 5 276 tasi og‘zaki, 924tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirildi. Shuningdek, 1 917tasi uyma-uy borib o‘tkazilgan huquqiy targ‘ibotlar bo‘lsa, 5 118tasi manzilli huquqiy targ‘ibotlar hisoblanadi.

Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar bo‘yicha:

Boshqarma tomonidan 2021 yil 1 oktabr holatiga ko‘ra jami 566 ta nodavlat notijorat tashkilotlari ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 366 tasi davlat ro‘yxatiga, 200 tasi hisob ro‘yxatiga olingan nodavlat notijorat tashkilotlaridan iborat, shuningdek, 185 ta diniy tashkilotlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 183 tasi islom diniga mansub bo‘lsa, 2 tasi noislomiy diniy tashkilotlar hisoblanadi.

Advokatura sohasi bo‘yicha:

Boshqarmadan jami 154 ta advokatlik tuzilmalari ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, shundan 129 tasi advokatlik byurolari, 21 tasi advokatlik firmalari, 4 tasi advokatlar hay’atlarini tashkil etadi.

Shuningdek, 2021 yil 1 oktabr holatida jami 353 nafar advokatga advokatlik litsenziyasi berilgan bo‘lib, shundan 225 tasi litsenziya olib ishlayotganlar, 6 tasi litsenziya olib ishlamayotganlar, 18 tasi boshqa hududda ishlayotganlar, 104 tasining litsenziyasining amal qilishi tugatildi.

Anjuman davomida bo‘lim boshlig‘i T.Imomberdiyev tomonidan viloyat adliya boshqarmasi huzurida yangidan tashkil etilgan Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati haqida ham batafsil tushuntirishlar berildi.

Anjuman yakunida jurnalistlarning boshqarma va uning tizimidagi tuman, shahar adliya bo‘limlari tomonidan 2021 yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlariga oid savollariga boshqarma xodimlari tomonidan javoblar berildi.