Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatidan


Joriy yil 15 va 18 oktabr kunlari Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda “O’zbekiston 24” telekanali bilan hamkorlikda Qarshi va Mirishkor tumanlarida tashkil etilgan yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati yuzasidan reportaj tayyorlandi.

Mazkur reportajda yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud moddiy texnika bazasi, “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali o‘zaro hujjat almashish va elektron tizimda ishlash jarayonlari tasvirga olindi.

Shuningdek, markaz rahbarlaridan mazkur yo‘nalishda qabul qilingan qonun-hujjatlarining mazmun-mohiyati, xususan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ – 5168-son qarori asosida boshlangan faoliyati bo‘yicha intervyu olindi.

Bundan tashqari, tuman Xalq ta’limi, Maktabgacha ta’lim, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi hamda Veternariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlari rahbarlaridan markazning avzalliklari, ishlarni tashkil etish tartiblari borasida ham intervyular olindi.