Янгиликлар
Navbatdagi radio efiri...
Qarshi shahar adliya bo‘limi mas’ul xodimi O. Abosaidov tomonidan joriy yil 18 oktabr kuni Oltin voha radiosi orqali tashkil etilgan to’g‘ridan-to‘g‘ri efir orqali O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisida belgilangan vazifalar haqida ma’lumot berildi.
Xususan, yalpi majlisda dolzarb masalalar va 8 ta Qonun ko‘rib chiqilganligi, farzandlikka olish bilan bog‘liq cheklovlar soddalashtirilganligi, qishloq xo’jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarni xususiylashtirishning yangi tartibiga oid qonunlar ma’qullanganligi va boshqalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.