Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Qadring baland bo‘lsin ona tilim


Joriy yilning 19 oktabr kuni Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 21 oktabr - O’zbek tiliga davlat maqomi berilganiga 32 yil to‘lishi munosabati bilan Yuridik texnikumi o‘quvchilari o‘rtasida “Qadring baland bo‘lsin ona tilim” mavzusida tanlov tashkil etildi.

Tanlovda o‘quvchilar 3 ta shart asosida bellashdilar.

1-shart o‘zbek tili haqida ma’lumotlar keltirish;

2-shart mashxur shoirlarning she’riy parchalaridan o‘qib berish;

3-shart o‘zbek tili haqida tayyorlangan loyihalarni (prezintatsiya) taqdim etishdan iboratdir.

Tanlovda o‘quvchilar 3 ta shart asosida bellashdilar, hususan buyuk bobokalonlarimiz Mir Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur hamda Abdulla Oripovlarning she’riy tuplamlari o‘qib eshittirildi, shuningdek, O’zbek adabiy tilining asoschilari haqidagi ma’lumotlar keltirildi.

Tanlov g‘oliblari adliya boshqarmasining va Yuridik texnikumining ma’muriyati tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.