Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Olis hududlardagi aholi turmush farovonligi o‘rganildi.


Joriy yil 16 oktabr kuni viloyat hokimligi, adliya boshqarmasi, “Qashqadaryo Agro servis MTP” MChJ va Kitob tuman hokimligi hamkorligida tuman adliya bo‘limi, davlat xizmatlari ko‘rsatish markazi, FHDYO bo‘limi va xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar ishtirokida Kitob tumani markazidan 30 km. uzoqlikda tog‘li-chegara hududida joylashgan “Bashir” MFY, Bashir qishlog‘i aholisi bilan uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda viloyat adliya boshqarmasi boshlig’i O’.Ostanov tomonidan tashkil etilgan sayyor qabulda tuman hokimiyati va boshqa mas’ul tashkilotlar xodimlari bilan hamkorlikda hudud aholisining turmush farovonligidagi umumiy muammolari o‘rganildi hamda ularning yechimi yuzasidan joyida huquqiy tushuntirish va amaliy ko‘maklar berildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida olis hudud aholisiga qo‘laylik yaratish maqsadida davlat xizmatlari markazi, notarius, yuridik xizmat ko‘rsatish, FHDYO, adliya bo‘limi va boshqa tashkilotlar xodimlari tomonidan aholiga joyida xizmatlar ko‘rsatilishi ta’minlandi.

Xususan, Kitob tumani, “Bashir” qishlog’ida yangi tug’ilgan 4 nafar chaqaloqlarga tuman FHDYO bo’limi tomonidan tug’ilganlik haqidagi guvohnomalar topshirildi hamda 2 nafar nikohlanuvchi yoshlarning o’rtalarida tuziladigan nikohlarini qonuniy qayd etish to’grisidagi arizalari qabul qilinib, tibbiy ko’rikdan o’tishlari uchun yo’llanma berilishi ta’minlandi.

Uchrashuv davomida viloyat adliya boshqarmasi boshlig’i O’.Ostanov qishloqdagi haqiqiy ehtiyojmand, chin yetim va nogironligi bor xonadonlarda bo‘lib, ular holidan xabar olindi hamda ularga kundalik hayotda kerak bo‘ladigan uy-ro‘zg‘or buyumlari va boshqa esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shu kuni olis hudud aholi uchun arzonlashtirilgan oziq-ovqat maxsulotlari yarmarkasi ham tashkil etilib, aholi kayfiyatini yanada ko‘tarish maqsadida tuman madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan turli musiqali chiqishlar namoyish etildi hamda qishloq aholisi uchun noz-ne’matlarga boy dasturxon yozildi.