Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Jaholatga qarshi ma’rifat


Bugun 15 oktabr kuni Adliya boshqarmasi tomonidan Qarshi shahridagi Odina masjidida tashkil etilgan “Qashqadaryo viloyati qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi”ga jamoaviy sayoxat uyushtirildi.

Tadbirda xodimlar muzeyda aks ettirilgan suratlar orqali xotiralar bilan tanishtirildi. Muzey mas’ul xodimlari tomonidan Qarshi bekligi Sohibqiron Amir Temur va xonliklar davrida muhim strategik ob’ektlardan biri bo‘lganligi, Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan bu qadimiy shaharda hamma vaqt ilm-fan, madaniyat taraqqiy etganligi shuningdek, yigirmanchi asrning boshlarigacha Qarshi va uning atrofidagi 46 ta madrasa madaniyat va ma’rifat rivojiga xizmat qilganligi haqida ma’lumotlar berildi.

Bundan tashqari ma’lumotlarda sho‘rolar hokimiyat tepasiga kelgach, ma’naviy va tarixiy ahamiyatini yo‘qolganligi, chunki sho‘rolarning maqsadi xalqning milliy boyligini yo‘q qilish, islom dini aqidalarini odamlar ongidan batamom yo‘q qilib tashlash maqsad qilib olinganligi hamda nohaqlik oqibatida ko‘pgina fuqarolarimiz qatag‘on qurbonlariga aylanganligi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

O’tkazilgan ushbu sayohatdan barcha xodimlar tarixga oid taa’surotlar bilan qaytishdi.