Янгиликлар
13
Aholi o‘rtasida monitoring va so‘rovnomalar o‘tkazilishi davom etmoqda
Dehqonobod tuman adliya bo‘limi tomonidan ham tumandagi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan aholi bilan uyma-uy yurish orqali sayyor uchrashuvlar o‘tkazildi.
Sayyor uchrashuvlarda daftarga kiritilganlarga imtiyozlar va kreditlarning o‘z vaqtida berilishi, ishga joylashtirilishi, moddiy qo‘llab-quvvatlanishi sohasidagi muammolarni aniqlash hamda fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklashga qaratilgan so‘rovlar o‘tkazilmoqda.