Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

BARCHANING SAYLOV HUQUQI KAFOLATLANADI


Qarshi shahridagi 44-saylov uchastkasida imkoniyati cheklangan saylovchilar hamda milliy-madaniy markazlar a’zolari ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Unda nogironligi bo‘lgan shaxslarning va mamlakatimizda istiqomat qilayotgan barcha millat vakillarining saylov huquqlarini ta’minlashga qaratilgan e’tibor haqida so‘z yuritildi.

Ta’kidlandiki, imkoniyati cheklangan shaxslarga yetarli sharoitlar yaratish maqsadida qator ishlar qilinmaqda. Xususan, saylov uchastkalarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun alohida kabinalar, kirish hududlarida panduslar tashkil etilgan. Ko‘rish imkoniyati cheklangan shaxslar uchun brayl alifbosidagi byulletenlar, lupalar mavjud bo‘ladi. Nogironligi bo‘lgan saylovchilar gavjum yashaydigan hududlarda, ehtiyoj bo‘lsa ularning saylov uchastkalariga kelib ketishlari uchun bepul transport bilan ta’minlanadi. Saylov byulletenlari aholining milliy mansubligi va so‘zlashadigan tillarini hisobga olgan holda chop etiladi.

Tadbirda bildirilgan fikrlar surdo tilida tarjima qilib borildi.