Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Ona tili – bu millatning ruhidir...


Joriy yil 14 oktabr kuni viloyat adliya boshqarmasi xodimlari o‘rtasida navbatdagi ma’naviyat soati tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbirda ishtirok etgan Qarshi davlat Universitetining dotsenti - filologiya fanlari nomzodi Bobojonov Sharif Xudoshukurovich 21 oktabr O’zbek tili kuni munosabati bilan Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi va tarixi haqida so‘z yuritdi.

1989 yilning 21 oktabr kuni  Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra  O’zbek tiliga - Davlat tili maqomi berildi.

 “O’zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida” 2020 yil 10 aprelda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Qonunining (O’RQ-615-son) 1-moddasi bilan 21 oktabr sanasi O’zbek tili bayrami kuni etib belgilandi.

O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 32 yil to‘lishi va mazkur sana joriy yilda ham “O’zbek tili bayrami” sifatida nishonlanishi munosabati bilan butun respublika miqyosida qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmokda.

Davra suhbatida o‘zbek tilining huquqiy maqomini belgilashda yengib o‘tilgan qiyinchiliklardan tortib hozirgi kunda tilimizning boy imkoniyatlaridan keng foydalanish uchun yaratilgan shart – sharoitlar hamda davlat tilini yangi pog‘onaga olib chiqish borasida qilingan sa’y-harakatlar alohida e’tirof etildi.

Tilimizni e’zozlash, uning davlat tili sifatidagi maqomi, jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash hamisha dolzarb ma’naviy burchimiz bo‘lib qolishiga e’tibor qaratildi.

        O’zbek tilining xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirish uchun uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga kiritishda o‘z hissamizni qo‘shishimiz zarurligi hamda har birimizdan tilimizga chuqur hurmat bilan yondashishni talab etishi ta’kidlandi.