Янгиликлар
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi adliya bo‘limlari tomonidan 2021 yilning 9 oyidavomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan M A ‘ L U M O T
Hisobot davrida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi bo‘limlari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi.
Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha
Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 6 366 ta murojaatning 5 492tasi hal etilib, shundan 3 272 tasi yoki 51,4 foizi qanoatlantirildi, 2 220tasiga huquqiy tushuntirish berildi, shuningdek, boshqarmaning “Ishonch telefoni”ga kelib tushgan 403 ta murojaatning 385 tasi hal etilib, shundan 89 tasi yoki 23,1 foizi qanoatlantirildi, 296 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.
Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 88 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi faoliyati yuzasidan o‘rganish va monitoringlar o‘tkazilib, natijasi bo‘yicha jami 135 ta taqdimnoma kiritilgan.
Kiritilgan taqdimnomalar natijasida jami 130 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlari, shundan 20 tasi normativ-huquqiy tusdagi qarorlari bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.
Qonunchilikka o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish hamda amaliyotda mavjud muammoli holatlarni bartaraf etish yuzasidan 1 056 ta takliflar ishlab chiqildi.
O’tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha
Boshqarma va uning tizimidagi adliya bo‘limlari tomonidan hisobot davrida jami 268 ta o‘rganish va 749ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganishlar davomida 2 785ta tashkilotlar faoliyati qamrab olindi va ushbu o‘rganish va monitoringlar natijasida 100 425 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 1 825ta taqdimnoma,644ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida taklif hamda 5 581 ta ogohnoma kiritildi.
Natijada 828 nafar shaxs intizomiy (shundan29 nafari egallab turgan vazifasidan ozod qilindi) va 592 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi, 284 ta noqonuniy hujjatlar bekor qilindi hamda 1 ta qaror ijrosi to‘xtatildi, shuningdek,12 mlrd. 984 mln. so‘mdan ortiq pul mablag‘lag‘lari qonuniy egalariga qaytarildi.
Hisobot davrida sudlarga 18 mlrd. 899 mln. so‘mlik 1 182 ta da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, o‘tgan yildan qoldiq bo‘lib o‘tgan 27 ta 629 mln. 969 ming so‘mlik da’vo arizasi natijasiga ko‘ra 8 mlrd. 453mln.so‘mlik 869 ta da’vo arizalari qanoatlantirildi.
Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida boshqarma va uning tizimidagi adliya bo‘limlari tomonidan jami 17 318 ta, shundan 11 118 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 5 276 tasi og‘zaki, 924tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirildi. Shuningdek, 1 917tasi uyma-uy borib o‘tkazilgan huquqiy targ‘ibotlar bo‘lsa, 5 118tasi manzilli huquqiy targ‘ibotlar hisoblanadi.
Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar bo‘yicha
Boshqarma tomonidan 2021 yil 1 oktabr holatiga ko‘ra jami 566 ta nodavlat notijorat tashkilotlari ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 366 tasi davlat ro‘yxatiga, 200 tasi hisob ro‘yxatiga olingan nodavlat notijorat tashkilotlaridan iborat, shuningdek, 185 ta diniy tashkilotlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 183 tasi islom diniga mansub bo‘lsa, 2 tasi noislomiy diniy tashkilotlar hisoblanadi.
Advokatura sohasi bo‘yicha
Boshqarmadan jami 154 ta advokatlik tuzilmalari ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, shundan 129 tasi advokatlik byurolari, 21 tasi advokatlik firmalari, 4 tasi advokatlar hay’atlarini tashkil etadi.
Shuningdek, 2021 yil 1 oktabr holatida jami 353 nafar advokatga advokatlik litsenziyasi berilgan bo‘lib, shundan 225 tasi litsenziya olib ishlayotganlar, 6 tasi litsenziya olib ishlamayotganlar, 18 tasi boshqa hududda ishlayotganlar, 104 tasining litsenziyasi amal qilishi tugatilgan.