Янгиликлар
14
Bugundan e’tiboran muddatidan oldin ovoz berish boshlandi
Saylov kodeksining 57-moddasiga muvofiq, Saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega. Muddatidan oldin ovoz berish saylovga o‘n kun qolganida boshlanadi va saylovga uch kun qolganida tugallanadi.
Shunga ko‘ra, 2021 yil 14-20 oktabr kunlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish o‘tkaziladi. Saylov uchastkalarida muddatidan oldin ovoz berish vaqti soat 9:00 dan soat 19:00 ga qadar davom etadi.