Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Qonunchilikka rioya etilishi ahvoli monitoring qilinmoqda


Ma’lumki, yurtimizda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalar ro‘yxati, ya’ni “Temir daftar”, shuningdek, har bir mahalla, tuman, shahar va viloyat kesimida “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” shakllantirilgan.

Unga ijtimoiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bor bo‘lgan yoshlar, xotin-qizlar kiritiladi hamda ular bilan tizimli, manzilli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

Viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari”ni yuritishda qonunchilikka rioya etilishi ahvoli monitoring qilinmoqda.

Viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan tuman adliya bo‘limlari bilan birgalikda Kasbi va Mirishkor tumanida daftarlarni yuritish mexanizmalarini amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolarni o‘rganish va sohani takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish maqsadida ro‘yxatga kiritilgan fuqarolar bilan uyma-uy yurib suhbatlashildi hamda tahlil qilish maqsadida ular o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazildi.

Ushbu tadbirlar viloyatning boshqa tumanlarida ham amalga oshiriloqda.