Янгиликлар
Harbiy qismlarda saylov qonunchiligi bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etilmoqda
Viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi N.Sattarova tomonidan joriy yilning 13 oktabr kuni Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa va Harbiy havo kuchlari qoʻmondonligiga qarashli Xonobod qoʻrgʻonida joylashgan 55418-son harbiy qismda xizmat vazifasini oʻtayotgan Vatan himoyachilari bilan “Prezident saylovi – kelajak tanlovi!” shiori ostida targ'ibot tadbir tashkil etildi.
Tadbir ishtirokchilariga Prezident saylovi va uning o‘tkazilish tartibi hamda bu boradagi qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar, O’zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi, O’zbekiston Respublikasining 2021 yilning 8 fevraldagi “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O’RQ – 670-son Qonuning mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.
Shuningdek, harbiylarga saylov jarayonlarida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlanishi, ovoz berish tartiblari, uchastka saylov komissiyalarining vakolatlari, xalqaro va milliy kuzatuvchilarning roli, saylov qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik masalalari ham tushuntirildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarning saylov jarayonlariga oid qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.
Tizimli oʻtkazilib kelayotgan bu kabi tadbirlar yurt himoyachilarining siyosiy savodxonligini oshirish bilan bir qatorda, nomzodlarning saylovoldi dasturlari bilan yanada chuqurroq tanishishlari uchun ham imkon yaratayotgani bilan ahamiyatlidir.