Янгиликлар
12
Mehr murruvat, e’zozu-e’tibor halqimizning azaliy fazilatidir
Xayr va saxovat insonni ulug‘lab, har ikki dunyoda ham ajru savobga sazovor etishi haqida allomalarimiz ta’kidlab o‘tgan. Dinimizda ham eng ulug‘ sifatlaridan biri xayr va saxovat ekaniga ishora qilinadi.
Joriy yilning 12 oktabr kuni Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va Qarshi shahridagi hususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar ishtirokida “Muruvvat uyi”da tarbiyalanuvchi bolajonlar holidan habar olindi.
Tadbir davomida bolajonlar tomonidan turli-hil she’rlar o‘qib eshittirildi hamda ularga edalik sovg‘alari tarqatildi.