Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

“E-huquqshunos” elektron tizimining qo‘layliklari


Navbatdagi o‘quv-seminarlar Nishon, G’uzor, Dehqonobod tumanlarida O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xamda viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatish markazi va yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar xodimlari ishtirokida “E-huquqshunos” elektron tizimida ishlash bo‘yicha navbatdagi o‘quv seminar-trening mashg‘uloti o‘tkazildi.

Seminarda “E-huquqshunos” elektron tizimining asosiy imkoniyatlari hamda Markazlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tarkibiy bo‘linma tarzida tashkil etilishi va ularga bo‘ysunishi, shuningdek, Markazlar xodimlariga sud protsessida yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarning vakili sifatida qatnashish huquqi berilganligi;

Markazlar xodimlari maqomi va mehnatga haq to‘lash shartlariga ko‘ra tegishli ravishda tuman (shahar) adliya bo‘limlari xodimlariga tenglashtiriladi, shuningdek, ularga adliya organlari xodimlari uchun nazarda tutilgan martaba darajalari va ko‘p yillik xizmatlari uchun ustama haq miqdorlari tatbiq etilishi;

Markazlar xodimi sifatida kamida uch yil mehnat stajiga ega bo‘lgan shaxs litsenziya olish uchun advokat maqomiga ega bo‘lishga talabgor shaxs sifatida advokatlik tuzilmasida stajirovkadan o‘tmasdan malaka imtihonida ishtirok etish hamda notarial idorada olti oy muddat stajirovka o‘tab malaka imtihonini topshirish huquqiga ega bo‘lishi va boshqalar haqida ma’lumotlar berildi.

Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.