Янгиликлар
O’quv seminarlari davom etmoqda
Navbatdagi tadbir joriy yilning 7-8 oktabr kunlari O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xamda viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan Shaxrisabz, Kitob, Qarshi, Kasbi tumanlari va Shaxrisabz shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi va yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar xodimlari ishtirokida “E-huquqshunos” elektron tizimida ishlash bo‘yicha o‘quv seminar-trening mashg‘uloti o‘tkazildi.
Seminarda “E-huquqshunos” elektron tizimining asosiy imkoniyatlarga haqida ma’lumotlar berilib unda elektron tizimga ichki buyruq, shartnomalar va boshqa yuridik tusdagi hujjatlarning namunalarini kiritish hamda mavjud hujjatlar loyihalari namunalaridan erkin foydalanish tartiblari, elektron tizimdan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan shaxsiy kabinetga kirish, har qanday hujjat loyihasi va unga tahliliy materiallarni tayyorlash, qayta ishlash va xulosa olish uchun Markazlarga yuborish, Markazlarning mas’ul xodimlari tomonidan, tegishli xulosa tayyorlash, hujjatlarni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda, elektron tizimga biriktirish hamda o‘zaro hujjat almashish va boshqalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.