Янгиликлар
07
Muddatidan oldin ovoz berish tartibi
Muddatidan oldin ovoz berish saylovga 10 kun qolganida boshlanadi va saylovga 3 kun qolganida tugallanadi.
Muddatidan oldin ovoz berishni o‘tkazish vaqti tegishli okrug saylov komissiyalari tomonidan belgilanadi va saylovchilarning, kuzatuvchilarning e’tiboriga OAV orqali yetkaziladi.
Muddatidan oldin ovoz berishni amalga oshirish uchun saylovchi saylov kunida bo‘la olmasligining sabablari (ta’til, xizmat safari, xorijga chiqish va hokazo) ko‘rsatilgan ariza asosida tegishli uchastka saylov komissiyasidan saylov byulletenini oladi.