Янгиликлар
Fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirildi
Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartishlar kiritishni nazarda tutuvchi Qonun (O’RQ–719-son, 04.10.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi
Kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirildi.
Bunday harakatlar:
BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha jarima (ilgari faqat 50 baravarigacha);
1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash (ilgari 1 yilgacha);
1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi (ilgari 1 yilgacha).
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda hokimiyat vakilining, ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaganlik uchun ham javobgarlik choralari kuchaytirilib, jarima miqdorlari oshirildi.