Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

E’tirofga munosib xodim


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan joriy yilning sentabr oyi yakuni bo‘yicha qonun ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti sohasini rivojlantirish hamda izchil va bir xilda ta’minlashda munosib xizmatlari uchun viloyat adliya boshqarmasi bo’lim bosh maslahatchisi Nomozov Nuriddin Shog'dorovich oyning eng yaxshi xodimi deb topildi va faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

N.Nomozov o‘z ishiga jiddiy va mas’uliyat bilan yondashishi, berilgan topshiriq va vazifalarni vaqtida va sifatli bajarishi hamda jamoat ishlarida faol ishtirok etishi bilan hamkasblariga har tomonlama o‘rnak bo‘lib, jamoada o‘z o‘rniga, hurmat va e’tiborga sazovor bo‘lgan.

Jamoa tomonidan N/Nomozovga davlatimiz ravnaqi yo‘lida olib borayotgan fidokorona mehnatida omad, faoliyatida yuqori marralarni tilab qoladilar.