Янгиликлар
Radio efirida...
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan doimiy ravishda qabul qilingan qonun hujjatlari mazmun-mohiyati va ahamiyatini ommaviy axborot vositalari orqali aholiga tushuntirib borilmoqda.
Joriy yilning 30 sentabr kuni Qarshi shahar adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi O.Abosaidov tomonidan “Oltin voha” radiosining to‘g‘ridan-to‘g‘ri efiri orqali O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2021 yil 17 sentyabrdagi “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VM–572-son qarorining mazmun-moxiyati aholiga tushuntirildi.
Eshittirish davomida fuqarolardan kelib tushgan savollarga batafsil javoblar berildi.