Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Intelektual mulk ob’ektlarining huquqiy muhofazasi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi


O’zbekiston Respublikasining 2021 yil 20 avgustdagi “Intelektual mulk ob’ektlarining huquqiy muhofazasi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining 1-moddasida O’zbekiston Respublikasining 1994 yil 6 mayda qabul qilingan “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi Qonuni 5-moddasi uchinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “patent berilganligiga qarshi e’tiroz bildirish” degan so‘zlar “patent berilganligi yuzasidan nizolashish” degan so‘zlar bilan almashtirildi. Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari bo‘yicha patent berilganligiga qarshi e’tiroz bildirilgan bo‘lsa, edi 5-moddadagi ushbu so‘zlar patent berilganligi yuzasidan nizolashish mumkinligini belgilab quyildi.

Ushbu Qonuning 2-moddasi O’zbekiston respublikasining “Fuqarolik kodeksi”ning 1065-moddasining birinchi, ikkinchi va to‘rtinchi qismlaridagi “ellik” degan so‘z “etmish” degan so‘z bilan almashtirildi, ya’ni 1065-moddaning 1,2 va 4 qismlari quyidagicha berilgan “Mualliflik huquqi muallifning butun hayoti davomida va uning vafotidan keyin ellik yil davomida amal qiladi, ushbu moddada va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Hammualliflikda yaratilgan asarga bo‘lgan mualliflik huquqi hammualliflarning butun hayoti davomida va hammualliflar orasida eng uzoq umr ko‘rgan oxirgi shaxs vafot etganidan keyin ellik yil davomida amal qiladi.

Muallifning vafotidan keyin birinchi marta e’lon qilingan asarga bo‘lgan mualliflik huquqi asar e’lon qilinganidan keyin ellik yil davomida amal qiladi belgilangan edi, ushbu ellik degan so‘zlar yetmish degan so‘zlar bilan almashtirilib, mualliflarning asarga bo‘lgan huquqlari vafot etgandan keyin ham yetmish yil davomida amal qiilishi belgilab quyildi.

Ushbu Qonunning 3-moddasida O’zbekiston Respublikasining 2001 yil
30 avgustda qabul qilingan “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi 267-II-sonli Qonuniga  quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi, ya’ni qonuning 8-modda quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirildi:

“Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma berilgandan so‘ng Agentlik ushbu talabnoma haqidagi ma’lumotlarni o‘z rasmiy veb-saytiga bir ish kuni ichida joylashtirilishi ko‘rsatib o‘tildi.

Talabnoma haqidagi ma’lumotlar rasmiy veb-saytga joylashtirilgandan so‘ng manfaatdor shaxslar Agentlikka tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun nohalol topshirilgan arizalar haqidagi yozma e’tirozlarini taqdim etishlari mumkinligi" belgilab quyildi;

uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlari tegishcha beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlar deb hisoblandi;

 15-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirildi:

“Taraflarning kelishuviga ko‘ra amalga oshiriladigan muhofazaga layoqatlilik axborotini izlash o‘tkazilgan taqdirda, talabnomada ifodalangan belgining ekspertizasi talabnomani ko‘rib chiqish uchun qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran bir oy ichida o‘tkazilishi” belgilandi;

26-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etildi:

“Tovar belgisiga doir mutlaq huquq guvohnomada ko‘rsatilgan tovarlarga nisbatan amal qiladi. Bunda mutlaq huquq tovar belgisi Tovar belgilarining davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran ro‘yxatdan o‘tkazishning amal qilish davrida amalga oshiriladi hamda tovar belgisi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘sha kunning o‘zida Agentlikning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi deb ko‘rsatib o‘tildi.  

27-modda uchinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “soxtalashtirilgan bo‘ladi” degan so‘zlar “kontrafakt hisoblanadi” degan so‘zlar bilan almashtirildi.  Ushbu moddani uchinchi qismi Tovar belgisidan yoki adashtirib yuborish darajasida u bilan o‘xshash bo‘lgan belgidan tovarlarda, tovarlarning etiketkalarida, o‘rovlarida qonunga zid ravishda foydalanilganda ular soxtalashtirilgan bo‘ladi deb ko‘rsatilgan, ushbu qonun bilan “soxtalashtirilgan bo‘ladi” so‘zlari “kontrafakt hisoblanidi” degan so‘zlar bilan almashtirildi.

Чироқчи туман адлия бўлими