Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 17 sentabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2021/2022 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash to‘g‘risida”gi qarori
So‘ngi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning negizida xalq manfaatlarini ifoda etadigan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilinyapti hamda ularning ijrosi yuzasidan davlat organlari va mansabdor shaxslarning mas’ulligi quchaytirilmoqda.
Xususan, 2021 yilning 17 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2021/2022 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash to‘g‘risida” gi 576-sonli qarori qabul qilindi. Qaror har tomonlama xalq manfaatlarini ifoda etgan normativ-huquqiy hujjat desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Zero, ushbu qarorga ko‘ra Respublika aholisini ijtimoiy jixatdan qo‘llab-quvvatlash uchun barcha hududlarda maqbul narxlarda oziq-ovqat yarmarkalarining tashkil etilishi, “Temir daftar”larga kiritilgan oilalarga ko‘mir, suyultirilgan gazni o‘z vaqtida yetkazib berish va bolalarni issiq kiyim-kechak bilan ta’minlash, olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda hamda sel kelishi oqibatida yo‘llar talafot ko‘rishi ehtimoli mavjud qishloq(ovul)larga ko‘mir va suyultirilgan gaz hamda kamida 15-20 kunga yetadigan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari zahirasini yaratish belgilab qo‘yildi. Bundan ko‘rinib turibdiki, Qaror ijrosi orqali ijtimoy himoyaga muhtoj aholining kuz-qish mavsumida kundalik ehtiyojlari qondiriladi hamda munosib turmush uchun sharoit yaratiladi.
Shuningdek, Qarorda ko‘zda tutilgan quyidagi normalarda ko‘p qavatli uy-joylarda yashovchi aholining kuz-qish mavsumiga tayyorlash va uy-joylarning kommunal holatlarini yaxshilashda ahamiyatga ega.
Xususan, Qarorda markazlashtirilgan manbalar hisobidan tashqi issiqlik ta’minoti modernizatsiya qilinayotgan ko‘p kvartirali uy-joylarning ichki isitish tizimlarini qayta tiklash, ko‘p kvartirali uylarning tashqi sanitariya-gigiyenik uzellari talab darajasida bo‘lmaganlarining holatini yaxshilash, mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan ko‘p kvartirali uy-joy fondi va tutash hududlarni ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini moliyalashtirish qat’iy ravishda Ko‘p kvartirali turar joy fondini ta’mirlash javmg‘armalari orqali amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi. Qarorda ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar natijasida qish mavsumida ko‘p kvartirali uy-joylarning isitish tizimi, sanitariya-gigiyenik holati, kommunal xizmat ko‘rsatish yaxshilanadi. Ushbu Qarorda ko‘zda tutilgan normalarning ijrosi nazorat qilish orqali ko‘p kvartirali uy-joylarda yashovchi yaholining munosib turmush kechirishi ta’minlanadi. Negaki, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining joylardagi bo‘limlarida aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish darajasi so‘ngni yillarda qoniqarsiz holatda kelib qolgan edi. Ayniqsa bu, Respublikamizning chekka hududlarida joylashgan ko‘p kvartirali uy-joylarning isitish tizimi qish mavsumida qoniqarsiz ahvolga tushib qolishiga, buning oqibatida ko‘p kvartirali uy-joylarda elektr toki va gaz qurilmalaring nosozligi tufayli ko‘plab yong‘inlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Kasbi tuman adliya
bo‘limi boshlig‘i
SH.Qudratov