Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

SOLIQ KODYEKSIGA O’ZGARTIRISHLAR KIRITILDI


2021 yil 14 sentyabrda O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O’RQ-714-son Qonuni qabul qilindi.

Qonun bilan Soliq kodeksiga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda:

birinchidan, Soliq kodeksining 483-moddasi 4-6-qismlar bilan to‘ldirildi, ularga muvofiq:

a) 2022 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davrda 2020 yil 31 dekabrdagi holatga ko‘ra soliq qarzini majburiy ravishda undirish, shuningdek quyidagilar bo‘yicha penya hisoblash choralari ko‘rilmaydi:

faoliyatni turizm, transport va umumiy ovqatlanish sohasida amalga oshirayotgan tadbirkorlik sub’ektlari uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha;

2020 yilda hisoblangan va vaqtincha qiyinchiliklar munosabati bilan yuridik shaxslar tomonidan to‘lanmagan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha;

2020 yil 15 maydagi holatga ko‘ra qarzdorligi mavjud bo‘lgan mikrofirmalar va kichik korxonalarga soliqlar, penyalar va soliq to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun hisoblangan jarimalar bo‘yicha;

b) 2021 yil 31 dekabrgacha bo‘lgan davr uchun turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonxona xizmatlari (joylashtirish xizmatlari) ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlari:

foyda solig‘ini belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 % kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi;

ijtimoiy soliqni 1% miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi;

yuridik shaxslarning mol-mulkidan olinadigan soliqtsi va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi;

v) quyidagilar mol-mulk solig‘ini, yer solig‘ini, aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashdan, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun JShDSning qat’iy belgilangan summalarini to‘lashdan ozod qilinadi:

Prezidentning qarorida Qoraqalpog‘iston Respublikasining har bir shahari va tumani uchun «o‘sish nuqtasi» deb belgilangan faoliyat turlarini amalga oshirayotgan yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik sub’ektlari – 2024 yil
1 yanvarga qadar bo‘lgan muddatga;

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxtako‘pir, Bo‘zatov va Shumanay tumanlarida joylashgan, yangidan tashkil etilgan sanoat sohasidagi tadbirkorlik sub’ektlari – 2024 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan muddatga. Soliq to‘lovchilarning mazkur toifasi foyda solig‘ini va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni belgilangan soliq stavkasidan 50% pasaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan aniqlangan ro‘yxat bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan va og‘ir sharoitlardagi 45 ta mahalla va ovullarda joylashgan, yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik sub’ektlari – 2026 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan muddatga. Tadbirkorlik sub’ektlarining mazkur toifasi foyda solig‘idan ham ozod qilinadi.

Ikkinchidan, faqat elektr dvigatel orqali harakatga keltiriladigan avtomototransport vositalarini sotib oluvchi va (yoki) ularni respublika hududiga vaqtincha olib kirishni amalga oshiruvchi shaxslar avtotransport vositalarini sotib olish va (yoki) O’zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish uchun yig‘imni to‘lashdan ozod qilinadi.

Uchinchidan, endi yuridik shaxs, agar uning oldingi yil uchun daromadlari yillik moliyaviy hisobot ma’lumotlariga ko‘ra kamida 5 mlrd so‘mni (ilgari – 10 mlrd so‘mni) tashkil etgan bo‘lsa, soliq monitoringini o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza bilan soliq organiga murojaat qilishga haqli.

To‘rtinchidan, organlar, muassasalar va tashkilotlarning soliq organlariga bunday ma’lumotlarni taqdim etish majburiyatlariga taalluqli o‘zgartirishlar ham kiritildi.

Quyidagilar axborotni soliq organlariga real vaqt rejimida elektron shaklda taqdim etishi shart:

ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlar;

suv resurslarini hisobga olishni amalga oshiruvchi organlar suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish joyi bo‘yicha;

notarial harakatlarni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan organlar.

Beshinchidan, belgilanishicha, konlar va karerlar band etgan yerlar uchun soliq tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffitsiyent, lalmi-yaylov zonada joylashgan yerlar uchun esa – 0,05 koeffitsiyent qo‘llanilgan holda to‘lanadi.

Lalmi-yaylov zonada joylashgan yerlar uchun soliq tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga nisbatan 0,3 koeffitsiyent qo‘llanilgan hodda to‘lanadi. Bundan Soliq kodeksining 429-moddasi 14-qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Shuningdek, ushbu Qonun bilan Soliq kodeksiga yana bir qator o‘zgartirishlar kiritildi.

Kitob tuman

adliya bo‘limi boshlig‘i

R.Muhammadiyev