Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Faxriylar – faxrimiz, ustozlarga ehtirom


Yurtimizda yoshi ulug‘ insonlarni qadrlash milliy qadriyat hisoblanadi. Chunki, keksalarning maslahat va o‘gitlariga amal qilib yashash, turmush farovonligimiz va tinch-osoyishta hayotimiz mazmuniga aylangan.

Shu munosabat bilan viloyat adliya boshqarmasida Adliya vazirligi tizimida uzoq yillar xizmat qilib, hozirda o‘z hayot saboqlari bilan shogirtlariga kamarbasta bo‘lib kelayotgan Adliya vazirligi faxriylar kengashi raisi Ermuxammad Shermatov bilan yosh avlod o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda, faxriy Ermuxammad Shermatov dastavval adliya faoliyati haqida qisqacha tushuntirish berib, bosib o‘tgan yo‘llari va erishgan yutuqlari hamda undagi mashaqqatlar haqida so‘z yuritdi.

Uchrashuvda faxriy Ermuxammad Shermatovning hayot tajribasidan to‘lqinlanib, yosh avlodning huquqshunoslik sohasiga yanada qiziqishlari ortdi.

O’z navbatida uchrashuv qiziqarli, sermazmun va kutarinki kayfiyatda o‘tkazilib, yoshlarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

Uchrashuv yakunida faxriy mehmon sifatida Ermuxammad Shermatovga viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining esdalik sovg‘asi topshirildi.