Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

O’zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 54-moddasi (Uchastka saylov komissiyasining ovoz berish kunidagi faoliyati)dan:


Uchastka saylov komissiyasining raisi komissiya a’zolari, kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari hozirligida:

ovoz berish boshlanganligini e’lon qiladi;

saylov qutilarining bo‘shligini tekshiradi va ularni bir marotaba ishlatiladigan plastmassa plombalar bilan plombalaydi, plombalar raqami ko‘rsatilgan holda dalolatnoma tuziladi;

uchastkadagi ro‘yxat bo‘yicha saylovchilarning soni, olingan saylov byulletenlari soni hamda muddatidan oldin ovoz berganlar haqida ma’lum qiladi. Ushbu ma’lumotlar yakuniy bayonnomaga kiritiladi;

ovoz berishni tashkil etish va o‘tkazishni muvofiqlashtirib boradi hamda nazorat qiladi, zarurat bo‘lganda komissiya a’zolariga yordam ko‘rsatadi, ular vaqtinchalik yo‘q bo‘lgan hollarda ularni boshqa a’zolar bilan almashtiradi;

ovoz berish tugallanganligini e’lon qiladi;

binoda hozir bo‘lgan saylovchilarga ovoz berishni tugallashi uchun imkoniyat beradi.