Янгиликлар
Musoboqa g’oliblari munosib taqdirlandilar.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining tashabbusi bilan “sog‘lom ayol – sog‘lom hayot” shiori ostida viloyat adliya boshqarmasi va viloyat yuridik texnikumi xotin-qizlari o‘rtasida o’tkazilgan stol tennisi musoboqasi qiziqrli va do’stona kayfiyatda o’tkazilib, bellashuv yakunida go’liblar aniqlandi.
Xususan bugungi xotin-qizlar o‘rtasida o’tkazilgan stol tennisi musoboqasi bo’yicha viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi idoraviy notarial arxivi bo’limi boshlig’i Karimova Gulhayo Mirzayevna I-darajali diplom, Yuridik texnikumi o’qituvchisi Vohidova Dilnoza Shodmon qizi II-darajali diplom hamda viloyat adliya boshqarmasining Inson huqularini himoya qilish bo’limi bosh maslahatchisi Boboyeva Venera Nurmamatovna III-darajali diplom hamda viloyat adliya boshqarmasining esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.