Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Sayyor qabul davom etmoqda


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi adliya bo‘limlari tomonidan 2021 yilning III va IV choraklari (2-yarim yillik) davomida amalga oshiriladigan eng muhim yo‘nalishlar, jumladan o‘rganilmagan, yangi, hayotda uchraydigan muammoli masalar bo‘yicha o‘tkaziladigan o‘rganish (monitoring)lar hamda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan ko‘shimcha chorat-tadbirlar rejasining
14-bandida viloyatning chekka va rivojlanish ko‘rsatkichlari pastroq bo‘lgan hududlarda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda sayyor qabullar tashkil etish belgilangan.

Mazkur Rejaga ko‘ra, viloyat adliya boshqarmasi tomonidan joriy yilning 28 sentabr kuni Qarshi tumani “Yertepa” MFYda sayyor qabul tashkil etilib, unda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari N. Nasimov, Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi boshlig‘i E. Ismoilov, Qarshi tuman adliya bo‘limi boshlig‘i S. Karabayev, Qarshi tuman FHDYo bo‘limi xodimi L. Qarshiyeva, tuman Davlat xizmatlari markazi mutaxassislari, Madad NNT Qarshi tuman huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi Sh. Qo‘shoqov va MFY raisi B.Begnayevalar ishtirok etdi.

Sayyor qabul davomida 12 nafar fuqarolarning murojaatlari yuzasidan mutaxassislar tomonidan joyida huquqiy tushuntirishlar berildi.

O’rganish o‘tkazilishi talab etiladigan murojaatlar tegishli vakolatli tashkilotlar tomonidan ish yurituviga qabul qilindi.

Xususan, Yertepa MFY Shodlik ko‘chasi 39-uyda yashovchi G. Hamdamovaning yashab kelayotgan uy-joyiga mulk egaligini olish haqidagi murojaati tuman adliya bo‘limi ish yurituviga olindi, tuman FHDYO bo‘limi tomonidan shar’iy nikoh asosida yashayotgan 3 ta er va xotinlarning nikohlarini qonuniy rasmiylashtirish uchun sayyor tartibda arizalar olindi.

Bundan tashqari, sayyor qabulda ishtirok etgan fuqarolarni qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi.