Янгиликлар
Faxriylar va yoshlar o’rtasida uchrashuv tashkil etildi.
Joriy yil 28 sentyabrda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Faxriylar kengashi raisi Ermuxammad Shermatov, Qarshi davlat universiteti milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi dotsenti (senator) Irkayev Abduraxim Pandjiyevich hamda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Ostanov O’ral Suyunovichlar tomonidan yoshlar o'rtasida uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda, Qarshi davlat universiteti va Qashqadaryo viloyat yuridik texnikumi talabalari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda faxriylar tomonidan kelajak yoshlariga soha faoliyati mobaynida bosib o‘tilgan mashaqqatli yo‘llar va erishilgan yo‘tuqlar haqida qisqacha hayotiy voqeliklar haqida so‘zlab berilib, ular bilan tarix va bugungi kun haqida fikr almashildi.
Uchrashuv sermazmun va ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etilib, tadbir yakunida O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Faxriylar kengashi raisi
E. Shermatov tomonidan 18 nafar talabalarga grand asosida olingan sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.