Янгиликлар
O’zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 48-moddasi (Saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish orqali tashviqot olib borish)dan:
Nomzodlarga va siyosiy partiyalarga saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish orqali tashviqot uchun teng sharoitlar yaratiladi.
Saylovchilar bilan uchrashuvlar O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar, deputatlikka nomzodlar, siyosiy partiyalar tomonidan mustaqil ravishda o‘tkaziladi. Saylovchilar bilan uchrashuvlarni o‘tkazish joyi va vaqti haqida okrug yoki uchastka komissiyasiga ma’lum qilinadi.
Saylovchilar bilan uchrashuvlar kabi ommaviy tadbirlar ularning o‘tkazilish joyi va vaqti haqida tegishli tuman (shahar) hokimliklari kamida uch kun oldin yozma ravishda xabardor qilingan holda o‘tkaziladi. Bunda ushbu ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun ruxsatnoma talab qilinmaydi.