Янгиликлар
XORIJDAGI SAYLOV UChASTKALARI XARITASI IShLAB ChIQILDI
2021 yil 24 oktabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi uchun saylov bo‘lib o‘tadi.
Prezident saylovi bo‘yicha xorijda tashkil etilgan uchastka saylov komissiyalari (54 ta) manzillarining elektron xaritasi (https://www.google.com/maps/d/viewer?mid=1wP1kKLxNIE1JFszxxoKvwCyD3qxTwa0H&ll=55.73266590000001%2C37.62100169999996&z=8) ishlab chiqildi.
Xorijdagi saylov uchastkalari O’zbekistonning Ozarbayjon, Eron, Turkmaniston, AQSh, Yaponiya, Qirg‘iziston, Avstriya, Afg‘oniston, Belgiya, Buyuk Britaniya, Misr, Isroil, Hindiston, Indoneziya, Italiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Quvayt, Latviya, Malayziya, Birlashgan Arab Amirliklari, Pokiston, Polsha, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Singapur, Turkiya, Ukraina, Fransiya, Germaniya, Ummon, Belarus, Tojikiston, Qozog‘iston va Ispaniya davlatlaridagi Elchixonalarida hamda dunyoning Afina, Aktau, Bangkok, Dubay, Jidda, Novosibirsk, Nyu-York, Istanbul, Almati, Qozon, Frankfurt, Sankt-Peterburg, Shanxay, Mozori-Sharif, Vladivostok, Kvandju, Rostov-Don, Guanchjou, Yekaterinburg kabi yirik shaharlaridagi Bosh konsulxona va elchixonalarida joylashgan.