Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

“Saylov -2021: o‘z kelajaging uchun ovoz ber”


Barchamizga ma’lumki joriy yil O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov bo‘lib o‘tadi. O’zbekiston Respublikasining 08.02.2021 yildagi “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra, Prezidentlikka saylov, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda – oktabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilishi belgilandi (ilgari dekabr oyida edi).

O’zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi 2019 yil 25 iyunda qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra, Prezidentlikka nomzod 15 nafargacha, Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod 10 nafargacha, viloyat Kengashi deputatligiga nomzod 5 nafargacha, tuman va shahar Kengashi deputatligiga nomzod 3 nafargacha ishonchli vakilga ega bo‘lishga haqli. Ishonchli vakillar nomzodga saylov kampaniyasini o‘tkazishda yordam beradi, saylash uchun tashviqot olib boradi, davlat organlari va jamoat birlashmalari, saylov komissiyalari bilan bo‘ladigan munosabatlarda nomzodning manfaatlarini ifodalaydi.Ishonchli vakil saylov komissiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin emas.

Har bir fuqaro saylovchilarning ro‘yxatlaridagi xato yoki noaniqlik to‘g‘risida uchastka saylov komissiyasiga arz qilishi mumkin. Uchastka saylov komissiyasi 24 soat ichida murojaatni tekshirishi va xatoni yoki noaniqlikni bartaraf etishi yoxud murojaat qiluvchiga uning murojaati rad etilganligi to‘g‘risida asoslantirilgan javob berishi shart.Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni 18 yoshga to‘lgan, ro‘yxat tuzilayotgan paytda mazkur saylov uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha yashayotgan fuqarolarning familiyalari saylovchilar ro‘yxatiga kiritiladi. Har bir saylovchi faqat bitta saylovchilar ro‘yxatiga kiritilishi mumkin. Saylov komissiyasi saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan davlat organlariga hamda jamoat birlashmalarining organlariga, korxonalarga, muassasalarga, tashkilotlarga, mansabdor shaxslarga murojaat qilish huquqiga ega, ular qo‘yilgan masalani ko‘pi bilan 3 kunlik muddatda ko‘rib chiqishi va saylov komissiyasiga javob qaytarishi shart.

Saylov uchastkalari saylovga kamida 60 kun qolganida, qoida tariqasida, 20 nafardan 3 ming nafargacha saylovchini qamrab olgan holda tuziladi. Saylov komissiyalarining qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar faqat sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladi. O’zbekiston Respublikasining 2021 yil 31 maydagi “O’zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar faqat sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladi. Prezident saylovini o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyasi 8–18 a’zodan iborat tarkibda tuziladi. Endilikda saylov byulleteniga nomzodning egallab turgan lavozimi (mashg‘ulotining turi), ish joyi kiritilmaydi. Saylovchilar bilan uchrashuvlar kabi ommaviy tadbirlar ularning o‘tkazilish joyi va vaqti haqida tegishli tuman (shahar) hokimliklari kamida uch kun oldin yozma ravishda xabardor qilingan holda o‘tkaziladi. Bunda ushbu ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun ruxsatnoma talab qilinmaydi.

Kasbi tuman adliya

bo‘limi boshlig‘i                                                           Sh.Qudratov