Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Korrupsiya va uning turlari, oqibatlari va javobgarlik choralari, korrupsiyani yo‘qotish va unga nisbatan kurashish usullari


Bugungi kunda korrupsiya atamasi qulog‘imizga bot-bot chalinib qolmoqda, hozirgi vaqtda nafaqat O’zbekistonda valki, butun dunyoda miqyosida korrupsiyaga qarshi kurushish dolzarb masalalardan biri bo‘lmoqda. Bu illatga qarshi kurash dunyoning ko‘plab mamlakatlarini qamrab olmoqda. Bu borada O’zbekistonda ham korrupsiyani oldini olish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, korrupsiya nima va u uning tub ildizi nima ekanliga to‘xtalib o‘tsak maqsadga muvofiqdir. Korrupsiya –– bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi.

Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, korrupsiya atamasi odatda mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadi. Korrupsiyaga qarshi kurashda yuqori natijalarga erishgan Shvetsiya, Singapur, Gonkong, Portugaliya kabi davlatlarning tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillarni bartaraf etish korrupsiyaga qarshi kurashda muhim o‘rin egallaydi.

Jumladan, O’zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” gi 2017-yil 3-yanvardagi 419- sonli Qonuni, bundan tashqari Adliya vazirligi tomonidan “Ochiq adliya” dasturi qabul qilindi. Dastur fuqarolar bilan o‘zaro hamkorlikda ishlash imkonini kuchaytirdi. E’tibordan chetda qolayotgan kamchiliklar, qolaversa o‘z vazifasini lozim darajada  bajarmayotgan xodimlarni aniqlash bo‘yicha bevosita jamoatchilik yordamiga tayanilmoqda.

Ochiqlikning yana bir namunasi sifatida Adliya vazirligi veb-sayti (adliya.uz) faoliyatiga to‘xtalib o‘tish joiz. Unda fuqarolar adliya organlariga yuborgan o‘z murojaatlarini kuzatib borishlari mumkin. Yana bir muhim jihat, adliya organlari xodimlari ustidan berilgan hamda o‘z tasdig‘ini topgan shikoyatlar haqida ma’lumot olish imkonini beruvchi maxsus platforma ishga tushirildi.

Shuningdek, jahon miqyosida nazar tashlaydigan bo‘lsak, jahon mamlakatlarida korrupsiyaga qarshi kurashning quyidagi usullari mavjud. Jumladan, bu quyidagilar:

Ichki nazorat - bu usul boshqaruv apparatining o‘zida nazoratni kuchaytiruvchi tuzilmalar (har xil ichki inspeksiyalar va boshqa nazorat organlari tuzish orqali) yaratishni taqazo etadi. Bu tuzilmaning asosiy vazifasi xodimlarning ichki etiket qoidalariga rioya qilishini nazorat qilishdir. Hozirgi kunda bizning yurtimizda ham bir qator huquqni muhofaza qilish organlarida aynan shu vazifani bajaruvchi ichki tuzilmalar yaratilgan.

Tashqi nazorat - bu usulda ijro apparatidan mustaqil tuzilmalarning mustaqilligini oshirish nazarda tutilib, aynan ushbu tuzilmalar orqali korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib boriladi. Ya’ni, sud hokimiyatining maksimal darajada mustaqilligiga erishish ommaviy axborot vositalariga ko‘proq erkinlik berish va h.k.

Saylov tizimi orqali kurashish —demokratik davlatlarda saylangan vakillarni korrupsiya uchun jazolashning asosiy usullaridan biri keyingi saylovlarda unga ovoz bermaslik hisoblanadi. Korrupsiyaga saylovlar orqali ta’sir o‘tkazish eng samarali usul hisoblanadi.

Xulosa o‘rnida aytishimiz joizki, korrupsiyaga qarshi kurushish, uni oldini olish xar birimizning vazifamiz hisoblanadi. Jamiyatimizda qancha korrupsiya illatlari kam bo‘lsa jamiyat taraqqiyoti shuncha rivojlanadi.