Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Tibbiyot muassasasi xodimlari hamda umumta’lim maktablari o‘qituvchilarini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va ularning mehnatiga doir huquqlariga oid


Yurtimizda ta’lim muassasasi xodimlarining ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi PF – 5712-son Farmoni bilan “O’zbekiston Respublikasi halq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kotsepsiyasi tasdiqlandi”.

Ushbu konsepsiyaning tasdiqlanishidan maqsad, ta’lim - tarbiya ishlarini samarali olib borishda jamiyatda o‘qituvchilarning mavqeyi va rolini oshirishdir.

Ta’kidlab o‘tish kerakki, murakkab o‘tish yillarida maktabda o‘qituvchi kasbining obruyi va nufuzi pasayib ketdi. O’qituvchilardan ta’lim sifatini ta’minlash emas, balki qishloq xo‘jaligi va obodonlashtirish ishlarida faol ishtiroki talab etildi.Bugungi kun siyosati natijasi o‘laroq ushbu soha vakillari majburiy mehnatdan ozod qilindi. Ularning mehnatini rag‘batlantirish bo‘yicha katta ishlar qilinmoqda.

Oxirgi 3 yilda o‘qituvchilarning ish haqlari 2,5 baravariga oshirildi. Uzoq tumanlarga borib ishlaydigan pedagog kadrlarni mehnatini rag‘batlantirish bo‘yicha aniq mezonlar belgilab olindi. Ularga 50 foizgacha qo‘shimcha ustamalar to‘lanmoqda. Bu olis hudud ta’lim muassasalariga yetishmaydigan mingdan ziyod o‘qituvchini jalb etish imkonini berdi. Nafaqa yoshida faoliyatini davom ettirayotgan o‘qituvchilarga pensiya to‘liq miqdorda to‘lab erildi.

O’qituvchilarning bilim va malakasini oshirish bo‘yicha malaka oshirish dasturlari ishlab chiqildi.Shu bilan birga yaqin kelajakda o‘qituvchilarning oyliklariniyana qayta ko‘rib chiqish ustuvor vazifa sifatida belgilab olindi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi 2021 yil
5 maydagi PF – 6221-son Farmoni bilan tibbiyot xodimlarini ijtimoiy qo‘llab - quvvatlash va ularga shart - sharoit yaratib berish belgilab berildi.

Jumladan,

1. Oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar hamda tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarning yangilangan shtat normativlarini tasdiqlandi;

2. “Tibbiyot brigadalari” faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 10 mingta shtatlar ajratish;

3. Aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatilishida “mahallabay” yondashuvni samarali tashkillashtirish, joylarda tibbiyot xodimlariga tizimli ravishda amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash;

1. Xalqaro tajribadan kelib chiqib, o‘rta tibbiyot xodimlarining kasbiy malakalariga qo‘yiladigan talablarni va ularning tibbiyot tizimidagi vazifalari va funksiyalarini o‘rganish;

2. O’rta tibbiyot xodimlarining malaka talablari, vazifalari, vakolatlari, javobgarligi, ixtisoslik yo‘nalishlari va lavozimlarini qayta ko‘rib chiqish

3. Oliy va o‘rta maxsus tibbiyot ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlari va rejalarini to‘liq qayta ko‘rib chiqish;

4. O’rta tibbiyot xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;

5. Respublika bo‘yicha Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan koykalar fondidan foydalanish samaradorligini shifoxonalar kesimida o‘rganish.

6. Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan koykalar fondini budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga ta’minlanadigan koykalar fondiga o‘tkazish bo‘yicha shifoxona kesimida yillik istiqbolli parametrlarni (grafiklarni) ishlab chiqish va tasdiqlash

7. Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari mutaxassislarini shartnoma asosida tibbiy xizmatlar ko‘rsatish uchun hududlarga jalb etish amaliyotini yo‘lga qo‘yish

8. Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari tomonidan hududlarda ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar uchun narxlarni shakllantirish tartibini tasdiqlash;

Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari tomonidan o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha hududlardagi oilaviy shifokorlarni qisqa muddatli kurslarda o‘qitishni tashkil etish.

Olis va chekka hududlardagi shifokorlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib bo‘sh shifokor ish o‘rinlari ro‘yxatini tuzish va talabgorlarni har bir mahalla kesimida aniqlash.

“Qishloq shifokori” dasturi doirasida talabgorlar bilan shartnomalar imzolash, ularga uy-joy ajratish va tegishli mablag‘lar to‘lanishini ta’minlash;

Xorijdagi mutaxassislarni mamlakatimizdagi tibbiyot muassasalariga ishga joylashtirish, ular uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, yashash joyi bilan ta’minlash choralarini ko‘rish;

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalari berish tartibini axborot texnologiyalarini keng joriy qilishni nazarda tutgan holda qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash;

Bunda, tibbiyot muassasalarida bevosita diagnostika va davolash-profilaktika faoliyati bilan shug‘ullanayotgan ilmiy darajasi mavjud bo‘lgan yoki, istisno tariqasida, sog‘liqni saqlash vazirining taqdimnomasiga ko‘ra ilmiy darajasi mavjud bo‘lmasada, yuqori nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassislarga bir pog‘ona yuqori malaka toifasi berishga ruxsat berishni nazarda tutish;

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalari berish tartibini axborot texnologiyalarini keng joriy qilishni nazarda tutgan holda qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash;

Bunda, tibbiyot muassasalarida bevosita diagnostika va davolash-profilaktika faoliyati bilan shug‘ullanayotgan ilmiy darajasi mavjud bo‘lgan yoki, istisno tariqasida, sog‘liqni saqlash vazirining taqdimnomasiga ko‘ra ilmiy darajasi mavjud bo‘lmasada, yuqori nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassislarga bir pog‘ona yuqori malaka toifasi berishga ruxsat berishni nazarda tutish;

9. Klinik ordinatura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul kvotalarini qayta ko‘rib chiqish.

10. Hududlarda tor mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash va klinik ordinaturada o‘qitish uchun mahalliy budjetlardan grantlar ajratish;

Ushbu farmonni qabul qilinishi o‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, yurtimizda faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlariga qilinayotgan g‘amxo‘rlik va olib borilayotgan oqilona siyosatning mahsulidir.