Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga qanday ijtimoiy mezonlara sosida uy-joy ajratiladi


Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga ko‘p kvartirali uylardan xonadonlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan:

a) ariza beruvchida mulk huquqi asosida turar joyning yo‘qligi, turar joyda ijara shartlarida yashashi yoki mulk huquqi asosida turar joyining yashash uchun yaroqsizligi;

b) boshqa oila (oilalar) bilan bir uyda (bir xonadonda) yashashi;

v) ko‘p bolalilik (uch va undan ortiq);

g) ariza beruvchi oilasining daromadi;

d) ijtimoiy xususiyatiga ko‘ra, oilasida alohida xonada yashashi kerak bo‘lgan (sil, teri-tanosil kasalliklarining og‘ir ko‘rinishi, qandli diabetning yiringli yallig‘lanishi, psoriaz) bemor (eri, xotini, farzandlari, ota-onasi) (tuman (shahar) tibbiyot birlashmasining xulosasi asosida) mavjudligi;

e) ariza beruvchining oila a’zolari (eri, xotini, farzandlari, ota-onasi) orasida birinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning mavjudligi;

j) ariza beruvchi uy-joy maydonining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan (bir shaxs uchun umumiy uy-joy maydoni 16 kv metrdan kam bo‘lmagan, kursi-kolyaskadagi nogironlar uchun 23 kv metrdan kam bo‘lmagan) uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq emasligi;

z) yolg‘iz o‘zi ikki va undan ortiq voyaga yetmagan farzandlarni tarbiyalayotgan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlari.

Talabgorlarni tanlash bo‘yicha komissiya belgilangan muddat ichida ariza beruvchining ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini aniqlashda, ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq uning ijtimoiy ustuvorligini belgilaydi.

Kitob tumani adliya bo‘limi

etakchi maslahatchisi

S.R.Rahmonov