Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

“Eng ko‘p sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatchilik turlarini tahlil qilish orqali ularni oldini olish, ularga qarshi ko‘rashishni mazmum-mohiyati yuzasidan”


         Davlatimiz tomonidan hozirgi kunda sud-huquq islohotlari olib borilayotgan bir vaqtda jinoyat qonunchiligi ham tobora takomillashib, rivojlanib bormoqda. Jumladan, sud –huquq tizimini liberallashtirilishi munosabati bilan Jinoyat va Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodekslarga ko‘plab o‘zgartirishlar kiritilyapti.

        Haqiqatan amalda mavjud bo‘lgan huquqiy davlatning poy-devorlaridan biri mustaqil, shaffof va samarali odil sudlov bo‘ladi. ufuqarolar va yuridik shaxslarga o‘z huquq va erkinlik-larini amalga oshirishlari uchun imkon yaratadi hamda mamlakat-da hukukiy barqarorlikni ta’minlaydi. bundan tashqari odil sudlov siyosiy va iqtisodiy xatti-harakatlar uchun zamin yaratib, mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi.

            Birinchi instansiya sudlarida ko‘rilgan ishlar tahlil qilinganida, 2018 yilda mamlaka bo‘yicha 38.133 ta , 2019 yilda 28.846 ta, 2020 yilda 30.282 ta va 2021 yilning o‘tkan davrida 9.808 ta ishlar ko‘rilgan bo‘lib, yilma-yil ko‘rilgan ishlar soni kamayib borgan.

          Sudlarda ko‘rilgan ishlar bo‘yicha sudlangan shaxslar soni 2018 yilda 35.706, 2019 yilda 27.603, 2020 yilda 27.999 ta va 2021 yilning o‘tqan davrida 9.467 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich ham kamayib borgan.

            Sudlarda ko‘rilgan ishlar bo‘yicha qamoqqa olingan shaxslar soni 2018 yilda 1990, 2019 yilda 1542, 2020 yilda 1747 ta va 2021 yilning o‘tkan davrida 599 tani tashkil etib, qamoqqa olingan shaxslar soni keskin kamaygan.

            Taraflarning yarashganligi munosabati bilan sudlar tomonidan JKning 66-1-moddasiga asosan tugatilgan jinoyat ishlari taxlil qilinganida, 2018 yilda 8949 ta, 2019 yilda 6980 ta, 2020 yilda 7791 ta va joriy yilning o‘tkan davrida 2495 tani tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.

           Jinoyatlarning turlari bo‘yicha tahlil qilinganida qo‘ydagilar aniqlandi.

          Qasddan odam o‘ldirish (JKning 97-101 moddalari) jinoyatlari 2018 yilda 479 tani , 2019 yilda 376 tani. 2020 yilda 377 tani va joriy yilning o‘tkan davrida 96 tani tashkil etib, mazkur jinoyat turi kamayib borgan.

            Qasddan badanga og‘ir va o‘rtacha og‘irlikda tan jaroxati yetkazish (Jkning 104-105 moddalari) jinoyatlari 2018 yilda 2073, 2019 yilda 1614. 2020 yilda 1880 va joriy yilning o‘tkan davrida 763 tani tashkil etib, kamayib borgan.

            Nomusga tegish (JKning 118-moddasi) jinoyatlari 2018 yilda 167, 2019 yilda 154. 2020 yilda 141 va joriy yilning o‘tkan davrida 37 tani tashkil etib, kamayib borgan.

Bosqinchilik (JKning 164-moddasi) jinoyatlari 2018 yilda 505, 2019 yilda 402. 2020 yilda 329 va joriy yilning o‘tkan davrida 111 tani tashkil etib, kamayib borgan.

Talonchilik (JKning 166-moddasi) jinoyatlari 2018 yilda 574, 2019 yilda 411. 2020 yilda 378 va joriy yilning o‘tkan davrida 190 tani tashkil etib, kamayib borgan.

O’zlashtirish yoki rasttrata yo‘li bilan talon-taroj qilish (JKning 167-moddasi) jinoyatlari 2018 yilda 2817, 2019 yilda 2457. 2020 yilda 1528 va joriy yilning o‘tkan davrida 718 tani tashkil etib, kamayib borgan.

O’g‘rilik (JKning 169-moddasi) jinoyatlari 2018 yilda 5583, 2019 yilda 4247. 2020 yilda 4403 va joriy yilning o‘tkan davrida 1506 tani tashkil etib, kamayib borgan.

Harakat xavfsizligi qoidalarini buzish (JKning 266-moddasi) jinoyatlari 2018 yilda 3138, 2019 yilda 2660. 2020 yilda 2423 va joriy yilning o‘tkan davrida 697 tani tashkil etib, kamayib borgan.

Giyovandlik bilan bog‘lik (JKning 270,271,273-276-moddalari) jinoyatlari 2018 yilda 4059, 2019 yilda 4293. 2020 yilda 3941 va joriy yilning o‘tkan davrida 780 tani tashkil etib, kamayib borgan.

Bezorilik (JKning 277-moddasi) jinoyatlari 2018 yilda 1327, 2019 yilda 953. 2020 yilda 1448 va joriy yilning o‘tkan davrida 633 tani tashkil etib, 2020 yilda mazkur jinoyat birmuncha oshgan.

Sudlarda ma’muriy huquqbuzarliklarga doir ishlarning ko‘rilishi dinamikasiga e’tibor bersak qo‘yidagilar ma’lum bo‘ladi.

Haqorat qilish (MJtKning 41-moddasi) huquqbuzarliklar soni 2018 yilda 52584 tani, 2019 yilda 47603 tani. 2020 yilda 50381 tani va joriy yilning o‘tkan davrida 11877 tani tashkil etib, mazkur huquqbuzarlik kamayib borgan.

Haqorat qilish (MJtKning 41-moddasi) huquqbuzarliklar soni 2018 yilda 52584 tani, 2019 yilda 47603 tani. 2020 yilda 50381 tani va joriy yilning o‘tkan davrida 1877 tani tashkil etib, mazkur huquqbuzarliklar soni kamayib borgan.

Yengil tan jaroxati yetkazish (MJtKning 52-moddasi) huquqbuzarliklar soni 2018 yilda 30736 tani, 2019 yilda 47603 tani. 2020 yilda 3100 tani va joriy yilning o‘tkan davrida 7217 tani tashkil etib, mazkur huquqbuzarliklar soni kamayib borgan.

Mayda bezorilik (MJtKning 183-moddasi) huquqbuzarliklar soni 2018 yilda 37955 tani, 2019 yilda 35590 tani. 2020 yilda 36699 tani va joriy yilning o‘tkan davrida 12282 tani tashkil etib, mazkur huquqbuzarliklar soni kamayib borgan.

Transport vositasini mast holatda boshqarish (MJtKning 131-moddasi) huquqbuzarliklar soni 2018 yilda 46393 tani, 2019 yilda 26814 tani. 2020 yilda 23063 tani va joriy yilning o‘tkan davrida 7982 tani tashkil etib, mazkur huquqbuzarliklar soni kamayib borgan.

Transport vositasini mast holatda boshqarish (MJtKning 131-moddasi) huquqbuzarliklar soni 2018 yilda 46393 tani, 2019 yilda 26814 tani. 2020 yilda 23063 tani va joriy yilning o‘tkan davrida 7982 tani tashkil etib, mazkur huquqbuzarliklar soni kamayib borgan.

Transport vositasitalari haydovchilarining va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlash (MJtKning 136-moddasi) huquqbuzarliklar soni 2018 yilda 10610 tani, 2019 yilda 4561 tani. 2020 yilda 5805 tani va joriy yilning o‘tkan davrida 2825 tani tashkil etib, mazkur huquqbuzarliklar soni kamayib borgan.

Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanish (MJtKning 176/3-moddasi) huquqbuzarliklar soni 2018 yilda 45814 tani, 2019 yilda 56121 tani. 2020 yilda 45098 tani va joriy yilning o‘tkan davrida 12015 tani tashkil etib, mazkur huquqbuzarliklar soni kamayib borgan.

Statistik tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan 2020 yil davomida kelib tushgan 9695 ta shikoyat va protestlar o‘rganilgan. O’rganilgan shikoyatlarning 358 tasi qaytarilgan, 5833 tasini sudlov hay’atiga o‘tkazish rad qilingan, 1222 tasi sudlov hay’atiga o‘tkazilgan, 73 ta ish nazorat tartibida kiritilgan protestlarga asosan Oliy sud Rayosatida ko‘rilgan.

Shuningdek, 1214 ta shikoyat (protest) jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida ko‘rib chiqilib, 1111 ta shikoyat (protest) qanoatlantirilgan, 103 ta shikoyat (protest) rad qilingan.

Jumladan, 656 ta ish bo‘yicha sud qarorlari bekor qilinib, ishlar yangidan apellyatsiya va kassatsiya instansiyasida ko‘rish uchun yuborilgan, jami 412 ta ish o‘zgartirilgan, shundan 103 ta ish bo‘yicha jinoyat malakasi o‘zgartirilib, jazo chorasi kamaytirilgan, 193 ta ish bo‘yicha jinoyat malakasi o‘zgartirilmay, jazo chorasi kamaytirilgan, 116 ta ish bo‘yicha sud qarorlari O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining (bundan buyon matnda JPK deb yuritiladi) 2-moddasi, 490-moddasining beshinchi qismi va boshqa asoslarga ko‘ra o‘zgartirilgan hamda 6 ta ish tugatilgan, 37 ta ish bo‘yicha JPK 83-moddasiga asosan reabilitatsiya qilingan.

Sudlov hay’ati tomonidan ko‘rilgan 1214 ta ishning:

103 tasi bo‘yicha sud hujjatlari o‘zgarishsiz qoldirilgan;

656 tasi bo‘yicha sud hujjatlari bekor qilinib, ishlar yangidan ko‘rish uchun apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudiga yuborilgan;

412 tasi bo‘yicha sud qarorlari o‘zgartirilgan;

6 tasi bo‘yicha ish yuritish tugatilgan;

37 ta ish bo‘yicha JPK 83-moddasiga asosan reabilitatsiya qilingan.

Sudlov hay’atida ko‘rib chiqilgan ishlarning 281 tasini Toshkent shahar, 178 tasini Toshkent viloyati, 48 tasini Xorazm viloyati, 84 tasini Farg‘ona viloyati, 83 tasini Samarqand viloyati, 73 tasini Qashqadaryo viloyati, 75 tasini Surxondaryo viloyati, 47 tasini Andijon viloyati, 35 tasini Navoiy viloyati, 61 tasini Jizzax viloyati, 59 tasini Buxoro viloyati, 87 tasini Namangan viloyati, 54 tasini Sirdaryo viloyati, 49 tasini Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlarida ko‘rilgan ishlar tashkil etgan.

Statistik tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, Oliy sudning ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan 2020 yilda 4074 ta (2020 yilning to‘rtinchi choragida 1343 ta) kelib tushgan shikoyat va protestlar o‘rganilgan. O’rganilgan shikoyatlarning 708 tasi (264 tasi) qaytarilgan, 221 tasini (91 tasini) qabul qilish rad etilgan, 1239 tasini (419 tasini) sudlov hay’atiga o‘tkazish rad qilingan, 647 tasi (241 tasi) bo‘yicha tushuntirishlar berilgan, 169 tasi   (60 tasi) tegishliligi bo‘yicha yuborilgan, 517 tasi (157 tasi) bo‘yicha Oliy sud raisining o‘rinbosarlari tomonidan rad javobi berilgan, 12 ta ish nazorat tartibida kiritilgan protestlarga asosan Oliy sud Rayosatida ko‘rilgan.

Shuningdek, nazorat tartibidagi shikoyat va protestlar bo‘yicha 561 ta
(111 ta) ish sudlov hay’atida ko‘rib chiqilgan. Mazkur ishlarning 413 tasini (84 tasini) ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqqan nizolar, 148 tasini (27 tasini) ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar tashkil etgan.

Statistik tahlillar orqali O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining (bundan buyon matnda MSIYutK deb yuritiladi) 2-moddasi, O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining (bundan buyon matnda MJtK deb yuritiladi) 7-moddasida belgilangan sud ishlarini yuritish maqsadi va vazifalariga quyi sudlar tomonidan qanchalik darajada erishilganligini baholash mumkin.

Sudlov hay’ati tomonidan ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha 2020 yilda ko‘rilgan 413 ta (84 ta) ishning:

151 tasi (24 tasi) bo‘yicha sud hujjatlari o‘zgarishsiz qoldirilgan;

55 tasi (4 tasi) bo‘yicha sud qarorlari bekor qilinib, ishlar yangidan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudiga yuborilgan;

34 tasi (9 tasi) bo‘yicha sud hujjatlari bekor qilinib, 26 ta (5 ta) ish yangidan ko‘rish uchun kassatsiya instansiyasi sudiga, 8 ta (4 ta) ish yangidan ko‘rish uchun apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborilgan;

10 tasi (3 tasi) bo‘yicha sud qarorlari o‘zgartirilgan;

106 tasi (29 tasi) bo‘yicha sud qarorlari bekor qilinib, yangi qaror qabul qilingan;

21 tasi (7 tasi) bo‘yicha ish yuritish tugatilgan;

1 tasi bo‘yicha sud qarori bekor qilinib, shikoyat ko‘rmasdan qoldirilgan;

35 tasi (8 tasi) bo‘yicha apellyatsiya (kassatsiya) instansiyasi sudining qarorlari bekor qilinib, birinchi instansiya sudining qarorlari o‘z kuchida qoldirilgan.

Sudlov hay’ati tomonidan ko‘rilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida 2020 yilda ko‘rilgan 148 ta (27 ta) ishning:

37 tasi (8 tasi) bo‘yicha sud hujjatlari o‘zgarishsiz qoldirilgan;

39 tasi (6 tasi) bo‘yicha sud qarori bekor qilinib, ishlar yangidan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudiga yuborilgan;

11 tasi (1 tasi) bo‘yicha sud hujjatlari bekor qilinib, yangidan ko‘rish uchun kassatsiya instansiyasi sudiga yuborilgan;

35 tasi (4 tasi) bo‘yicha sud qarorlari o‘zgartirilgan;

22 tasi (6 tasi) bo‘yicha ish yuritish tugatilgan;

1 tasi bo‘yicha sud qarori bekor qilinib, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish surishtiruv organiga yuborilgan;

3 tasi (2 tasi) bo‘yicha kassatsiya instansiyasi sudining qarori bekor qilinib, birinchi instansiya sudining qarori o‘z kuchida qoldirilgan.

Sudlov hay’atida 2020 yilda ko‘rib chiqilgan ishlarning
97 tasini (16 tasini) Toshkent shahar, 76 tasini (16 tasini) Toshkent viloyati, 67 tasini (22 tasini) Xorazm viloyati, 49 tasini (7 tasini) Farg‘ona viloyati, 42 tasini (7 tasini) Samarqand viloyati, 35 tasini (6 tasini) Qashqadaryo viloyati, 30 tasini (8 tasini) Jizzax viloyati, 28 tasini (1 tasini) Surxondaryo viloyati, 23 tasini Andijon viloyati, 26 tasini (4 tasini) Navoiy viloyati, 26 tasini (6 tasini) Buxoro viloyati, 26 tasini (7 tasini) Namangan viloyati, 19 tasini (5 tasini) Sirdaryo viloyati, 15 tasini (6 tasini) Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudlarida, 2 tasini harbiy sudlarda ko‘rilgan ishlar tashkil etgan.

Sudlov hay’atida nazorat tartibida ko‘rilgan:

Qashqadaryo viloyati ma’muriy sudlarining 85,7 foiz (35 ta ish ko‘rilgan, shundan 2 ta ish bo‘yicha sud qarorlari o‘zgartirilgan va 28 ta ish bo‘yicha sud qarorlari bekor qilingan);

           O’zbekiston Respublikasining 14.05.2014 yildagi “Huquqbuzarlik profilaktikasi to‘g‘rsida”gi Qonunning 22-moddasida huquqbuzarliklarning umumiy profilaktikasi tushunchasi keltirilgan bo‘lib, unga ko‘ra, “Huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalarning huquqbuzarliklarning oldini olish, huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish bo‘yicha faoliyati huquqbuzarliklarning umumiy profilaktikasidir”.

2020 yilda sodir etilgan umumiy jinoyatlarning 92,6 foizi (57 499 tasi) fosh etilgan, qidiruvdagi 2 446 nafar shaxs ushlangan, bedarak yo‘qolgan 436 nafar shaxs topilgan.

Ichki ishlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan samarali tadbirlar natijasida iqtisodiyot hamda boshqaruv tartibi va odil sudlov sohasida 1 064 nafar shaxs tomonidan sodir etilgan 849 ta jinoyat aniqlanib, ular oqibatida yetkazilgan 135,6 mlrd. so‘m miqdoridagi zarar undirilishi ta’minlangan.

Ichki ishlar organlari xodimlarining tashabbusi bilan aniqlangan jinoyatlar 2020 yilda qayd etilgan jami jinoyatlarning 34 foizini (20 994 ta) tashkil etgan.

Yo‘l-transport hodisalarining oldini olish borasida ko‘rilgan choralar natijasida ko‘p sodir etilayotgan yo‘l-transport hodisalarining 104 ta «o‘chog‘i» bartaraf etilgan.

Avtomobil yo‘llari va shahar ko‘chalarida 18 885 ta yo‘l belgisi o‘rnatilgan, 25 240 ta eskirgan yo‘l belgisi yangisiga almashtirilgan, 12 mln. kv.m ortiq yo‘l qatnov qismi ta’mirlangan va 384 ta piyoda yo‘lagida shovqin chiqaruvchi chiziqlar chizilgan.

Natijada 2020 yilda umumiy yo‘l-transport hodisalari 13,7 foizga (8092/6982), ularda vafot etganlar soni 6,3 foizga (2094/1962) kamayishiga erishilgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari kundalik hayotda bevosita fuqarolar bilan muloqotda bo‘lib, ularning xatti-harakatlari aholining kayfiyatiga ta’sir ko‘rsatadi.

Shu sababli Qashqadaryo (Chiroqchi tumani) va Andijon (Andijon shahri) viloyatlarida xodimlar tomonidan sodir etilgan qiynoq bilan bog‘liq holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan fuqarolarning huquq va erkinliklarini poymol qilmaslik maqsadida 485 ta alohida maxsus so‘rovxona tashkil etilib, olib kelingan fuqaro bilan mazkur xonalarda suhbat o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Bundan tashqari, bevosita mahallaning o‘zida xavfsiz, jinoyatdan xoli muhit yaratish maqsadida «Obod va xavfsiz mahalla» tamoyili asosida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati qayta ko‘rib chiqilgan.

Jami 9 168 ta mahallada kriminogen vaziyat tahlil qilinib, mahallalar «qizil», «sariq» va «yashil» toifalarga ajratilgan. Natijada 2020 yilda 4 488 ta mahallada (49 foiz) jinoyatlar sodir etilmagan, 1 551 tasida (17 foiz) jinoyatlar kamaygan.

Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan 14 774 nafar xotin-qizlarga himoya orderi berilgan.

Biroq huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasidagi ishlar yetarli darajada olib borilmaganligi ichki ishlar organlari faoliyatida muayyan kamchiliklar, yechimini kutayotgan muammolar va to‘liq foydalanilmagan imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatdi.

Xususan, 2020 yilda sodir etilgan umumiy jinoyatlar soni 62 081 tani tashkil etib, har 100 ming aholiga o‘rtacha 182,4 tadan to‘g‘ri kelgan.

Ushbu ko‘rsatkich Toshkent shahriga 334,6 tadan, Farg‘ona viloyatiga 290,8 tadan, Toshkent viloyatiga 246 tadan, Sirdaryo viloyatiga 197,8 tadan va Navoiy viloyatiga 194,2 tadan to‘g‘ri kelib, respublika miqyosida salbiy ko‘rsatkich qayd etilgan.

Oldi olinishi mumkin bo‘lgan 406 ta qotillik, 7 234 ta tan jarohati yetkazish, 192 ta bosqinchilik, 1 565 ta bezorilik, 8 164 ta o‘g‘rilik, 10 496 ta firibgarlik jinoyati sodir etilishiga yo‘l qo‘yilgan.

Pandemiya davrida uzoq muddatga xorijiy davlatlarga chiqib ketgan O’zbekiston fuqarolarining 406 532 nafari yashash manzillariga qaytarilgan, biroq ularning aksariyatini ish bilan ta’minlashda qiyinchiliklar kuzatilgan.

Bundan tashqari, 9 mingdan ortiq (9 598 nafar) ishsizlar tomonidan jinoyatlar sodir etilganligi joylarda aholini ish bilan ta’minlash masalalari samarali hal etilmayotganini ko‘rsatdi.

Ayniqsa, Toshkent shahar, Andijon, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida ushbu ko‘rsatkich salmog‘i yuqoriligicha qolgan.

Mahallalarda «Jamoatchilik nazorati maskanlari» imkoniyatlaridan samarali foydalanish, aholini ogohlikka chaqirish yo‘nalishidagi ishlar muntazam ravishda olib borilmagan.

Oqibatda o‘g‘rilik jinoyati sodir etgan shaxsning har o‘ninchisi doimiy ish joyiga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan sodir etilgan.

Xususan, 2020 yilda qotillik jinoyatlarining har uchinchisi yoki 143 tasi (35,2 foizi), og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyatining 192 tasi (17,8 foizi) oilaviy munosabatlar doirasida sodir etilgan.

Oilaviy nizolarga o‘z vaqtida barham berilmaganligi oqibatida 14 379 ta huquqbuzarlik sodir etilgan. Ularning 50 foizdan ortig‘i (7 264 tasi) Toshkent, Buxoro, Samarqand va Farg‘ona viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Uz joniga qasd qilish holatlarining har oltinchisi (3 829 tadan 600 tasi, 15,6 foizi) aynan o‘z vaqtida hal etilmagan oilaviy kelishmovchiliklar tufayli sodir etilgan.

Mazkur jinoyat va hodisalarning aksariyatini o‘z vaqtida oldini olish choralari mavjud bo‘lgan bo‘lsa-da, bunga joylardagi mutasaddi hokimlar, sektor rahbarlari tomonidan jamoat tashkilotlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda olib borilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarga yetarli e’tibor qaratilmagan.

Og‘ir turmush sharoitida yashayotgan ayollarning muammolari to‘liq hal etilmasligi oqibatida 2020 yilda 5 774 nafar xotin-qiz tomonidan 5 520 ta jinoyat, ya’ni 38 ta qotillik, 79 ta og‘ir tan jarohati yetkazish, 623 ta o‘g‘rilik, 1 134 ta firibgarlik, 125 ta giyohvandlik jinoyati sodir etilgan.

Jinoyatlarni o‘z vaqtida fosh etish borasidagi tadbirlar yetarli tashkil etilmaganligi oqibatida 2020 yilda sodir etilgan jinoyatlarning 4 582 tasi yoki 7,4 foizi fosh etilmasdan qolgan.

Yoshlar bilan ishlashda hanuz ko‘plab muammolar saqlanib qolayotganligi, ularni bartaraf etishga yetarli darajada e’tibor qaratilmaganligi oqibatida o‘tgan yili qayd etilgan jami jinoyatlarning 14 378 tasi (23,2 %) aynan yoshlar tomonidan sodir etilgan.

Jinoyatga qo‘l urgan 16 915 nafar yoshlarning 1 375 nafarini xotin-qizlar, 397 nafarini oliy o‘quv yurti talabalari, 4 052 nafarini bandligi ta’minlanmagan, ta’lim bilan qamrab olinmagan yoshlar tashkil etgan.

Yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning 56,3 foizi Toshkent shahri (9,6 foiz), Toshkent (9,7 foiz), Farg‘ona (21,2 foiz), Buxoro (8,5 foiz) va Namangan (7,4 foiz) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelib, salmog‘i yuqoriligicha qolgan.

Maktablarda yo‘lga qo‘yilgan «davomat tadbirlari» imkoniyatlaridan samarali foydalanish, aholini ogohlikka chaqirish yo‘nalishidagi ishlar muntazam ravishda olib borilmagan.

Buning oqibatida voyaga yetmaganlar jinoyatlarining salmoqli qismi yoki 59,2 foizi Farg‘ona (29,6 foiz), Toshkent (12,7 foiz), Namangan (8,5 foiz) va Buxoro (8,4 foiz) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Aholi o‘rtasida jinoyatchilikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, fuqarolarning huquqiy ongini yuksaltirish hamda jamoat tartibiga qarshi jinoyatlarga qaratilgan tadbirlar yetarli darajada amalga oshirilmaganligi sababli jamoat joylarida sodir etilgan bezorilik jinoyatlarining salmog‘i yuqoriligicha qolgan.

Xususan, respublika bo‘yicha sodir etilgan shu turdagi jinoyatlarning 60 foizi Toshkent shahri (17,3 foiz), Namangan (16 foiz), Toshkent (14 foiz) va Farg‘ona (13 foiz) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Taxlil natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, jinoyat kamayishiga erishilmagan mahallalarda uyma-uy yurib, profilaktik hisobda turgan shaxslar, notinch oilalar va uyushmagan yoshlar bilan profilaktik ishlar tizimli olib borilish;

mas’ul vazirlik, idora va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda xotin-qizlar, yoshlar, ayniqsa bandligi ta’minlanmagan yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning doimiy tahlilini yuritish orqali bunday holatlarning kelib chiqish sabablari va omillarini aniqlash hamda bartaraf etish choralarini ko‘rish

oliy o‘quv yurti talabalari va voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilikni barvaqt oldini olish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim va Xalq ta’limi vazirliklari bilan uzviy hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgish;

xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasida kompleks ishlarni amalga oshirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

yo‘l-transport hodisalarining sodir etilishiga imkon yaratayotgan shart-sharoitlarni aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;

jinoyatlar ko‘p sodir bo‘layotgan sohalarni tahlil qilib, mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda jinoyatlarni tizimli muhokama qilish choralarini ko‘rish zarur bo‘ladi;

Qamashi tuman adliya

bo‘limi boshlig‘i                                                                                      Sh.Kaxxarov