Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

“Temir daftar” nima va u qanday shakllantiriladi


Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28 apreldagi 250-son qaroriga binoan “Temir daftar”ni yuritish orqali ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “VAQTINCHALIK TARTIB” “Temir daftar”ni yuritish orqali ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibini belgilaydi.

Mazkur tartibga ko‘ra har bir sektor bo‘yicha mahallabay “Temir daftar”ga quyidagi toifadagi oilalar kiritiladi:

Vazirlar Mahkamasining “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil
5 martdagi 122-son qarori talablari asosida kam ta’minlangan oila, deb e’tirof etilgan oilalar;

ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan a’zolari mavjud oilalar;

kam ta’minlangan yakka-yolg‘izlar va keksalar;

boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand oilalar;

ko‘p (4 va undan ortiq) farzandli moddiy ko‘makka muhtoj oilalar;

mehnatga layoqatli ishsiz a’zolari mavjud ehtiyojmand oilalar;

tibbiy yordamga muhtoj ehtiyojmand oilalar (surunkali yoki og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan va nogironlik guruhi belgilanmagan a’zolari mavjud yetarli daromad manbaiga ega bo‘lmagan oilalar);

noturar joylarda istiqomat qilayotgan, o‘zi yoki birgalikda yashovchi oila a’zolarining nomida turar joy bo‘lmagan ehtiyojmand oilalar.

Bunda, agar yuqoridagi toifalarga mos keladigan oilalarning a’zolari mos ravishda “Ayollar” va “Yoshlar” daftarlariga ham kiritilgan bo‘lsa, ushbu oilalar ro‘yxati “Ayollar” va “Yoshlar” daftarlarida yuritiladi.

“Temir daftar” daftarga kiritilga fuqarolarga quyidagi yordamlar beriladi:

-         “Temir daftar”gakiritilganoilaa’zolariniishgajoylashtirish;

-         “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga tomorqadan daromad manbai sifatida foydalanish uchun ko‘maklashish;

-         “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarni tadbirkorlikka jalb qilish;

-         “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish;

-         “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish;

“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash choralari:

mehnatga layoqatli ishsiz a’zolari mavjud ehtiyojmand oilalarning bandligini ta’minlash — Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi, Jamoat ishlari jamg‘armasi, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi, xalqaro moliya institutlarining kredit va grantlari;

tomorqadan daromad manbai sifatida foydalanishga ko‘maklashish — Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari;

tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va kredit olishga ko‘maklashish — Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari, tijorat banklari, xalqaro moliya institutlaridan jalb etiladigan kredit va grantlar;

moddiy yordam ko‘rsatish, sog‘liqni tiklash va boshqalar — «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;

“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ham moliyalashtirilishi mumkin.

Qarshi tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi                            A.Jurayev