Янгиликлар
“O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi moddalarinining mazmun moxiyati”
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992 yil 8 dekabr kuni qabul qilingan bo‘lib, vatanimiz – mustaqil O’zbekistonning suverenitetining eng asosiy va yorqin belgisidir. Konstitutsiyamiz Muqaddima, 6ta bo‘lim, 26 ta bob va 128 ta moddadan iborat va O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy, siyosiy va boshqa soxalardagi yunalishlarini belgilab o‘tadi.
Masalan, Konstitutsiyamizning 7 moddasida “xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbaidir” deb belgilangan. Bu ibora, O’zbekiston Respublikasi davlatchiligi boshqaruvi demokratiya prinsiplari asosida qurilganligi va davlat boshqaruvi – ya’ni xokimiyatning shakllanishida xalq yagona manba sifatida belgilanganligini anglatadi.
Konstitutsiyamizning 11 moddasida “O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi — hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi” deb belgilangan va shu moddaning mazmuni shundaki, Respublikamizda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud xokimiyati bir biridan mustaqil davlat organlari xisoblanadiva Sharl Lui Monteske ifodalagan “xokimiyat vazifalari bo‘linishi” prinsipi asosida shakllanganligidan dalolat.
Konstitutsiyamizning 15 moddasi “O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi” deb belgilagan va bunda Respublikamizda avvalo Konstitutsiya va Qonunlarimiz asosida davlat organlari faoliyat yuritishi, qonuniylik prinsipini urnatilganliginidan isbot bo‘ladi.
Va albatta O’zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar teng xuquqlarga egaligi va xech qaysi bir fuqaroning xuquqlari cheklanilishi mumkinmasligini anglatuvchi Konstitutsiyamizda 18 modda bor va shu modda quyidagi ko‘rinishda aks ettirilgan - “O’zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar”.
Va xususan, yaqinlashib kelayotgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlari mavzusida ya’ni Konstitutsiyamizning 117 moddasi “O’zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar” deb belgilangan va bu O’zbekiston Respublikasida har bir 18 yoshga to‘lgan, muomalaga layoqatli fuqarolar saylovlarda ovoz berish xuquqiga egaligini anglatadi. Muomalaga layoqatsiz va og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganligi uchun jazoni o‘tash joylarida saqlanayotgan shaxslar bundan mustasno. Bundan tashqari Respublikamizda saylanish xuquqi ham xar bir O’zbekiston Respublikasi fuqarosiga ta’minlangan. Saylash va saylanish xuquqlari ixtiyoriy.