Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Fuqarolarning huquqiy savodxonligi oshirilmoqda


Joriy yil 16 sentabr kuni Qarshi shahar adliya bo‘limi bosh maslahatchisi N.Mavlonov tomonidan Qarshi shahar “Nasaf Tv” televideniyesi orqali O’zbekiston Respublikasining 2021 yil 20 avgustdagi “Intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy muhofazasi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O’RQ-709-son Qonuni mazmun-mohiyati va ahamiyati xususida ma’lumot berdi.

Qonunda mualliflik huquqi muallifning vafotidan keyin 70 yil davomida amal qilishi belgilanligi, ilgari ushbu muddat 50 yil bo‘lganligi, shuningdek, Qonunga ko‘ra tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma berilganidan so‘ng Intellektual mulk agentligi talabnoma haqidagi ma’lumotlarni veb-saytiga 1 ish kunida joylashtirish lozimligi hamda ushbu e’lon asosida manfaatdor shaxslar Agentlikka talabnoma nohalol topshirilgan ariza haqida e’tiroz bildirishi mumkinlig va boshqalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.