Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

YANGI O’ZBEKISTONDA YANGICHA SIYOSIY JARAYON


Saylov eng avvalo milliy saylov qonunchilikni va umume’tirof etilgan halqaro saylov standartlarini puxta va mukammal o‘rganishdan boshlanadi.

Ushbu tamoyillarni o‘rganish o‘z navbatida fuqarolarning xohish-irodasi erkin bildirilishini ta’minlovchi kafolatlarni belgilaydigan saylov qonunchiligidagi bo‘shliq va kamchiliklarni bartaraf etishdan iborat bo‘ladi.

Joriy yil 17 sentabr kuni viloyat adliya boshqarmasining mas’ul xodimlari N.Sattarova va J.Norovlar viloyat televideniyasining “Muloqot” ko‘rsatuvi orqali bugunning siyosiy jarayonlari yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida saylovga har qachongidan sifatli, tizimli va jiddiy tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, keng jamoatchilikning takliflari inobatga olingan holda O’zbekiston Respublikasining joriy yilning 8 fevraldagi O’RQ-670-son Qonuni bilan endi Prezident saylovi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlari saylovi ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda ya’ni oktabr oyining uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilishi yangilik sifatida kiritilganligi aytib o‘tildi.

Bundan tashqari, saylovni milliy qonunchilik va xalqaro saylov standartlariga mos tarzda yuqori tashkiliy darajada o‘tkazish uchun, eng avvalo uchastka saylov komissiyasi a’zolari va saylov jarayoni boshqa tashkilotchilarining huquqiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini yuksaltirish muhim ahamiyatga egaligi ta’kidlandi.

Yurtimizda demokratik islohotlarning izchillik bilan amalga oshirilayotganligi, fuqarolarning siyosiy, huquqiy ongi va qarashlari hamda faolligi yuksalib borayotganligi bois bo‘lib o‘tadigan sayyolov jarayonlarida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlanishi, ovoz berish tartibi, fuqarolarning saylovchilar ro‘yxati bilan tanishish jarayonlari, uchastka saylov komissiyalarining vakolatlari, xalqaro va milliy kuzatuvchilarning roli, saylov qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik masalalari keng jamoatchilikka tushuntirildi.