Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa yoki moddiy yordam tayinlash uchun Pensiya jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i nomiga ariza mahallaga beriladi


Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

- ariza beruvchi oila a’zolarining pasporti nusxalari yoki ID-kartalari;

- chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yashash guvohnomalari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomalari yoki ID-kartalari hamda yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida qayd varag‘i nusxasi;

- bolalari vasiylik ostida bo‘lgan taqdirda, arizaga vasiylik va homiylik organining qarori nusxasi;

- oilaning mavjud chorva mollari va parrandalari to‘g‘risida ma’lumot;

- ariza beruvchi va uning oila a’zolari nomidagi tijorat banki hisobvaraqlaridagi mablag‘ qoldiqlari va ariza berilgan oydan oldingi 3 oy mobaynida ularning nomiga o‘tkazilgan pul o‘tkazmalari yuzasidan ma’lumotlarni Markaziy bank tomonidan “Yagona reyestr” ATga taqdim etish to‘g‘risida ariza.