Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

IShONChLI VAKILNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI NIMALARDAN IBORAT?


O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021 yil 15 sentabrdagi qarorlari bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning ishonchli vakillari ro‘yxatga olindi.

“Nomzodlarning ishonchli vakillari to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra,

Ishonchli vakil:

- nomzodga saylov kampaniyasini o‘tkazishda yordam beradi;

- nomzod saylanishi uchun tashviqot olib boradi;

- davlat organlari va jamoat birlashmalari, saylov komissiyalari bilan bo‘ladigan munosabatlarda nomzodning manfaatlarini ifodalaydi.

Ishonchli vakil boshqa nomzod yoki uning ishonchli vakili bilan birgalikda saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazishga yoxud boshqa nomzod tomonidan tashkil etilgan saylovchilar bilan uchrashuvlarda ishtirok etishga haqli.

Ishonchli vakilga saylovoldi tashviqoti davrida:

- tashviqotni saylovchilarga bepul yoki imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmatlar ko‘rsatish (axborot xizmatlaridan tashqari), shuningdek pul mablag‘lari to‘lash bilan qo‘shib olib borish;

- noto‘g‘ri axborotni, shuningdek nomzodlarning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan ma’lumotlarni tarqatish;

- saylov kuni va ovoz berish boshlanishidan bir kun oldin jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalarini, saylov natijalari prognozlarini, o‘tkazilayotgan saylov bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni e’lon qilish (hammaga ma’lum qilish), shu jumladan axborot tarmoqlariga, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘iga joylashtirish taqiqlanadi.

Ishonchli vakil tomonidan saylovga bir kun qolganida va saylov kunida tashviqot olib borish taqiqlanadi.