Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Tanlov: Qashqadaryo viloyat adliya boshkarmasi balansidagi Nishon, Kasbi, Mirishkor, Muborak, Yakkabog‘, Shahrisabz, Kitob, Qamashi, Chiroqchi tuman va Qarshi, Shahrisabz shahar yuridik xizmatlar ko‘rsatish markazlari ma’muriy binolarini joriy ta’mirlash


Tanlovga qatnashish uchun talabgor tomonidan xat yozilib,

1. Tijorat taklifi;

2. Bajariladigan ishlar bo‘yicha kaydnoma;

3. Mavjud texnika va asbob uskunalar ro’yxati;

4. Ishchilar ro‘yxati (mavjud ishchi kuchi) asosiy ish joyi bo‘yicha buyruqdagi xodimlar;

5. Balans va moliyaviy natija (2020 yil);

6. Soliqdan qarzdorligi yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;

7. 2020 yillarda bajarilgan ishlari schyot faktura (F-2) lardan nusxa, ta’mirlangan yoki qurilgan binolari fotosurati ilova qilinib, konvertga solib muhrlab, buyurtmachi (Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi) vakiliga topshiriladi.

Pudratchi yetarli ishchi kuchiga va buyurtmachi tomonidan oldindan 30% mablag‘ o‘tkazib berilishini inobatga olib yetarli mablag‘ (37,0 mln.so‘mlik mablag‘ va mahsulot zaxirasi)ga ega bo‘lishi shart. Ishlarni bajarish muddati
10 kun. (Ma’lumot uchun: “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunining
36-moddasi.)

Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar Ishtirokchilar quyidagi mezonlarga muvofiq bo‘lishi kerak:

-            shartnomani bajarish uchun zarur texnikaviy, moliyaviy, moddiy, kadrlar resurslarining hamda boshqa resurslarning mavjudligi;

-            shartnoma tuzish uchun qonuniy huquqqa egalik; soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha qarzdorlikning mavjud emasligi;

-            o‘ziga nisbatan joriy etilgan bankrotlik tartib-taomillarining mavjud emasligi;

insofsiz ijrochilarning yagona reyestrida qayd etilmaganligi eslatib o‘tiladi.