Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Yosh saylovchilar bilan uchrashuv


Yosh saylovchilar bilan uchrashuv Joriy yilning 15 sentabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 13 - Qashqadaryo saylov okrugida yosh saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda yosh saylovchilar okrug saylov komissiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, yosh saylovchilarga mustaqillik yillarida mamlakatimizda siyosiy, huquqiy tizim bosqichma - bosqich modernizatsiya qilinishi natijasida yuksak demokratik talablarga mos milliy saylov tizimi yaratilganligi va fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi to‘liq ta’minlanayotganligi, bunda Konstitutsiyamiz va qonunlarda umume’tirof etilgan me’yorlar asosida shakllantirilgan saylovlarni o‘tkazishning demokratik tamoyillari mustahkamlab qo‘yilgani muhim ahamiyat kasb etayotganligi haqida tushuntirildi.