Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Joylarda tadbirkorlik sub’ektlarining muammolari o‘rganildi


O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ishchi guruhi a’zolari adliya vazirligi mas’ul xodimlari B.Qobulov va A.Axmedovlar tomonidan joriy yil 9-10 sentyabr kunlari viloyatdagi tadbirkorlik sub’ektlari bilan manzilli uchrashuvlar va sayyor qabul tashkil etildi.

Xususan, joriy yil 9 sentyabrda ishchi guruh viloyatning Qarshi tumanida ilk bor tashkil etilgan “TRAST MED-FARM” farmatsevtik korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishib, sohada yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish choralari yuzasidan fikr almashildi.

Bundan tashqari, ishchi guruh Qarshi shahrida joylashgan “SULTAN TEX” mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo‘lib, korxona faoliyatidagi mavjud muammolar, davlat organlari va tashkilotlari bilan tadbirkor o‘rtasida yuzaga kelayotgan nizoli masalalar yuzasidan fikr almashildi hamda tadbirkorlik faoliyatiga salbiy ta’sir qiluvchi omillar o‘rganildi.

Shuningdek, joriy yil 10 sentyabrda ishchi guruh tomonidan viloyatning Nishon tumani, Talimarjon shaharchasida istiqomat qiluvchi bir guruh jismoniy va yuridik shaxslar bilan sayyor uchrashuvlar tashkil etilib, mavjud muammo va kamchiliklari o‘rganildi.

Sayyor qabulda viloyat adliya boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i A.Bekmamatov, bosh maslahatchi F.Qurbonov, Nishon tuman adliya bo‘limi boshlig‘i M.Abrayev, Talimarjon shaharchasi hokimi I.Qarshiyev, Talimarjon shaharchasi shifoxonasi bosh hakami v.v.b B.Kucharov, tuman Moliya bo‘limi mutaxassisi, Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limi mutaxassisi, tuman Bandlikka ko‘maklashish markazi mutaxassisi hamda MFY raislari va boshqa aloqador tashkilotlarning mas’ul xodimlari ham ishtirok etishdi.

Qabul davomida Nishon tumani, Talimarjon shaharchasi, “Obod” MFYda yashovchi fuqarolar A.Polvonov, J.Kenjayeva, “Obi hayot” MFYda yashovchi M.Choriyeva va “Do‘stlik” MFYda yashovchi fuqarolar S.Sherov, M.Xaydarova, G.Butayorova, L.Roziyeva, G’.Raxmonov hamda L.Tursunovalarning turli yo‘nalishdagi murojaatlari tinglanib, o‘rganish o‘tkazish uchun tuman adliya bo‘limi ish yurituviga qabul qilindi.

Bundan tashqari qabulda “Do‘stlik” MFYda yashovchi fuqaro O.Isayevning murojaati yuzasidan Nishon tumani, Talimarjon shaharchasi hokimi I.Qarshiyev tomonidan hal qilish choralari ko‘rilishi kelishib olindi.

Qabul mobaynida “Obod” MFYda yashovchi fuqaro Sh.Rustamovaning murojaati ishchi guruh tomonidan respublika darajasidagi mas’ul vazirliklarning fikri olinib, ko‘rib chiqilishi ma’lum qilindi.

O’tkazilgan qabul yakunida ishchi guruh vakillari tomonidan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillariga murojaatlari yuzasidan barcha tegishli hujjatlar tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, vakolat doirasida amaliy yordam berilishi tushuntirildi.

Shu bilan birga ishchi guruh tuman tibbiyot birlashmasi va o‘mumiy o‘rta ta’lim maktablarida bo‘lib, ulardagi muammo va kamchiliklar bilan tanishdi.