Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Ombudsmanning joylarda mintaqaviy vakillari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi


“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF-6312-son, 10.09.2021 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, Ombudsmanning joylarda doimiy asosda ishlovchi mintaqaviy vakillari lavozimlari joriy qilinadi.

Ombudsman mintaqaviy vakillari, jumladan:

▪ inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi, inson huquqlari monitoringini tashkil etadi va o‘tkazadi;

▪ fuqarolarning shikoyatlarini qabul qiladi va ko‘rib chiqadi, ularning buzilgan huquqlarini tiklashda ko‘maklashadi.

Ombudsmanning mintaqaviy vakillari o‘zlarining faoliyatida bevosita Ombudsmanga hisobdordir.

Farmonga ko‘ra shuningdek, yangi “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqiladi.