Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Jinoyatlarning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar o‘rganiladi


Hukumat qarori (565-son, 10.09.2021 y.) bilan Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar muhokamasi:

- sodir etilgan jinoyat holati bo‘yicha – jinoyat sodir etilgan hududdagi mahallada jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan kundan boshlab 3 kun ichida;

- jinoyat sodir etgan shaxs bo‘yicha – uning yashash joyidagi mahallada sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi ichki ishlar organlariga kelib tushgan kundan boshlab 3 kun ichida o‘tkaziladi.

- Muhokama qilinadigan jinoyatlar taqsimoti quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:

- og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasidagi;

- uncha og‘ir bo‘lmagan va ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar – tuman (shahar) darajasidagi hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar hamda davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari tomonidan jamoatchilik vakillari ishtirokida muhokama qilinadi.

- Qaror bilan jinoyatlarning xususiyatiga qarab muhokamada mahalla, bandlik, sog‘liqni saqlash, ichik ishlar, yoshlar ishlari, milliy gvardiya organlarining hududiy bo‘linmalari rahbarlari ishtirok etishi shartligi belgilandi.

- Muhokama jarayonida:

- sodir etilgan jinoyat holati bo‘yicha – jinoyat ishi mazmuni, shuningdek, jinoyatga aloqador shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor etishga, shaxsning jinoyat sodir etilishida ayblilik masalasini muhokama qilishga hamda ular muhokamada ishtirok etishga yo‘l qo‘yilmaydi;

- jinoyat sodir etgan shaxs bo‘yicha – sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan shaxs (ozodlikdan mahkum qilishga hukm qilingan shaxslar bundan mustasno) hamda uning ota-onasi, ota-onasi o‘rnini bosuvchi shaxslar yoki boshqa yaqin qarindoshlarining ishtiroki ta’minlanadi.