Янгиликлар
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda
Joriy yilning 9 sentabr kuni adliya boshqarmasida Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri aktrisa Isroilova Huriyat, xonanda Qudratov Iskandar va sozandalar Sohibov Barat, Axmedov Sur’atlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda mustaqilligimiz davrida erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar, mamlakatda yoshlarni teatr san’atiga qiziqishini oshirish, kelgusida davlat teatrlari tomoshabinlarini yetishtirish shuningdek, insonparvarlik g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga munosib sahna asarlari yaratilayotganligi haqida so‘z yuritilib, ishtirokchilarga musiqali chiqishlar namoyish etildi.