Янгиликлар
Qonun hujjatlarining mazmun mohiyati va ahamiyati tushuntirilmoqda
Joriy yil 31 avgustda viloyat adliya boshqarmasi hamda viloyat televideniyasi hamkorligida adliya boshqarmasi binosida qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatiga oid reportaj tayyorlandi.
Xususan, Qoson tuman adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi Q.Saidov tomonidan saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida, Shahrisabz tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Sh.Uzoqov tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 mardagi “Aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF – 6191-son, Muborak tuman adliya bo‘limi boshlig‘i H.Achilov tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 avgustdagi “Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish hamda kambag‘allik bilan kurashish ko‘lamini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF – 6277-son Farmonlarining mazmun-mohiyati haqida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi J.Norov tomonidan soha faoliyatida olib borilayotgan islohotlar haqida so’z yuritildi.